Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Juan Marcos Foyth (1998-yil 12-yanvarda tugʻilgan) — argentinalik professional futbolchi, Ispaniyaning „Vilyarreal“ klubi va Argentina terma jamoasi oʻng qanot

Juan Foyth

Juan Marcos Foyth (1998-yil 12-yanvarda tugʻilgan) — argentinalik professional futbolchi, Ispaniyaning „Vilyarreal“ klubi va Argentina terma jamoasi oʻng qanot va markaziy himoyachisi.

Juan Foyth
Foyth Argentina U20 safida 2017-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Juan Marcos Foyth
Tavallud sanasi 12-yanvar 1998-yil (1998-01-12) (28 yosh)
Tavallud joyi La Plata, Argentina
Boʻyi 1.88 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Villarreal
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000-2017 Estudiantes
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017 Estudiantes 7 (0)
2017-2021 Tottenham Hotspur 16 (1)
2020-2021Villarreal (loan) 16 (0)
2021- Villarreal 29 (1)
Milliy terma jamoa
2017 Argentina U20 12 (0)
2018- Argentina 16 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(9-noyabr uchun)

Professional faoliyatini oʻz shahrining „Estudiantes“ klubida boshlagan, u "Tottenxem" da Premer-ligada, „Vilyarreal“da esa La Ligada oʻynagan. U „Villyareal“ klubi bilan 2021-yilda UEFA Yevropa ligasida gʻolib chiqqan.

Foyt Argentina terma jamoasi safida 2018-yilda debyut qilgan va 2019-yilgi Amerika Kubogida jamoasi bilan uchinchi o‘rinni egallagan.

Klublardagi faoliyati

Estudiantes

Buenos-Ayres provinsiyasining La Plata shahrida tugʻilgan Foyt oʻz faoliyatini tugʻilib oʻsgan joyidagi klub „Estudiantes de La Plata“ bilan boshlagan. U bir necha yil Yoshlar akademiyasida dastlab hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynadi, soʻngra 16 yoshga toʻlgunga qadar markaziy himoyachi ampulasiga oʻtdi. U oʻzining birinchi professional shartnomasini 2017-yilning yanvarida imzolagan, bu esa uni klub safida 2019-yilning iyunigacha qolishiga sabab boʻlgan. Primeradagi debyutini 2017-yilning 19-martida, Patronato klubiga qarshi o‘tkazdi. U yana olti marta ligada oʻynadi va Sudamerikana kubogida ham ikkita oʻyin oʻtkazdi.

Tottenxem Hotspur

Foyt 2017-yilning 30-avgustida, besh yillik shartnoma asosida, 8 million funt sterling evaziga "Tottenxem" klubiga o‘tdi. U 19-sentyabr kuni „Tottenxem“ — „Barnsli“ EFL kubogi bahsida oʻz debyutini oʻtkazdi.

Foyt Premer-ligadagi debyutini 2018-yilning 3-noyabrida"Vulverxempton" jamoasiga qarshi safarda 3:2 hisobida g‘alaba qozongan oʻyinda amalga oshirdi. Oʻzining navbatdagi liga oʻyinida, „Kristal Pelas“ klubi mehmoni boʻlganida, u faoliyatidagi ilk golini urib, „Tottenxem“ ga gʻalaba taqdim etdi. 2019-yil 4-may kuni, u Tobi Alderveyreld o‘rniga tanaffusda maydonga tushdi va uch daqiqadan so‘ng „Bornmut“ klubi himoyachisi Jek Simpsonga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun maydondan chetlatildi.

Vilyarreal

2020-yil oktyabr oyida, Foyt „Tottenxem“ bilan 2024-yilgacha yangi shartnoma imzoladi va keyin Ispaniyaning „Vilyarreal“ klubiga ijaraga berildi. 22-oktyabr kuni oʻz debyutini o‘tkazdi va UEFA Yevropa Ligasi guruh bosqichida Turkiyaning „Sivasspor“ jamoasiga qarshi oʻyinda (5:3) g‘alaba qozondi. U turnirda yana 11 ta oʻyin oʻtkazdi.

Foyt 2021-yilning iyun oyida „Vilyarreal“ bilan 15 million yevro evaziga besh yillik toʻliq shartnoma imzoladi. U murabbiy Unai Emeri uchun oʻng qanotdagi asosiy oʻyinchiga aylandi.

Xalqaro faoliyati

Foyt 2017-yilda Argentinaning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida toʻp surgan. U yoshlar terma jamoasi safida jami 12 ta o‘yinda maydonga tushdi: to‘qqiztasi 2017-yilda Ekvadorda o‘tkazilgan Janubiy Amerika yoshlar futboli chempionatida va yana uchtasi 2017-yilgi FIFA U20 Jahon chempionatida.

Foyt 2018-yil oktyabr oyida o‘tkaziladigan bir qator o‘rtoqlik o‘yinlari uchun Argentina terma jamoasiga ilk bor chaqiruv oldi. U 16-noyabr kuni Meksikaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qildi va Argentinaga 2:0 hisobida g‘alaba qozonishga yordam berdi. Undan tashqari, u o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va bu o‘yindagi o‘yini uchun ko‘pchilikning olqishiga sazovor bo‘ldi. Foyt 2019-yilgi Amerika Kubogida jamoaga chaqirilgan va musobaqadagi ilk oʻyinini Qatarga qarshi oʻtkazgan. U yana uchta bahsda oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynadi va uchinchi oʻrin uchun Chiliga qarshi bahsda ular 2:1 hisobida gʻalaba qozonishdi.

Shaxsiy hayoti

Argentinada tugʻilgan Foyt asli polshalik va Polsha pasportiga ega hisoblanadi. Uning bobosi va buvisining familiyasi Fojt deb yozilgan boʻlib, Argentinaga kelganida ular oʻzgartirilgan.

Foyt 2019-yil iyul oyida Argentinaning La-Plata shahrida oʻzining uzoq yillik maʼshuqasi Ariana Alonsoga uylandi.

Faoliyatidagi statistikasi

Klub

2022-yilning 12-noyabrigacha bo'lgan o'yinlar
Klublar safidagi oʻyinlar, gollar, mavsumlar va musobaqalar
Jamoalar Mavsumlar Liga Milliy kubok Liga kubogi Mintaqaviy Boshqa Umumiy
Divizyonlar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Estudiantes 2016-17 Argentine Primera División 7 0 0 0 2 0 9 0
Tottenham Hotspur 2017-18 Premier League 0 0 5 0 2 0 1 0 8 0
2018-19 Premier League 12 1 2 0 1 0 2 0 15 1
2019-20 Premier League 4 0 0 0 0 0 3 0 7 0
Umumiy 16 1 7 0 3 0 6 0 30 1
Villarreal (loan) 2020-21 La Liga 16 0 4 0 12 1 32 1
Villarreal 2021-22 La Liga 25 1 2 0 10 0 1 0 38 1
2022-23 La Liga 4 0 1 0 1 0 6 0
Umumiy 45 1 7 0 23 1 1 0 76 2
Umumiy koʻrsatkich 68 2 14 0 3 0 31 1 1 0 115 3
  1. Appearance(s) in Copa Sudamericana
  2. Appearance(s) in UEFA Champions League
  3. Appearance(s) in UEFA Europa League
  4. Appearance in UEFA Super Cup
  5. Appearance(s) in UEFA Europa Conference League

Xalqaro

2022-yilning 16-noyabrigacha bo'lgam o'yinlar
Terma jamoa safidagi oʻyinlar va gollar
Milliy terma jamoa Yillar Oʻyinlar Gollar
Argentina 2018 1 0
2019 9 0
2020 1 0
2021 2 0
2022 3 0
Jami 16 0

Yutuqlari

Tottenxem Hotspur

  • UEFA Chempionlar Ligasida 2-oʻrin sohibi: 2018-19

Vilyarreal

  • UEFA Yevropa ligasi : 2020-21

Argentina

  • KONMEBOL — UEFA Chempionlar kubogi : 2022

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, juan foyth haqida ma’lumot. juan foyth nima? juan foyth nimani anglatadi?

Yuqori