Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Neʼmatov Ilhomjon Toʻychiyevich (1952-yil, Namangan, OʻzSSR, SSRI) — Oʻzbekistonlik diplomat, MDH bosh kotibining o‘rinbosari. Turli yillarda bir nechta davlatl

Ilhom Neʼmatov

Vikipediyada ismi Ilhom va familiyasi Neʼmatov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Neʼmatov Ilhomjon Toʻychiyevich (1952-yil, Namangan, OʻzSSR, SSRI) — Oʻzbekistonlik diplomat, MDH bosh kotibining o‘rinbosari. Turli yillarda bir nechta davlatlarda Oʻzbekistonning elchisi sifatida faoliyat yuritgan.

Neʼmatov Ilhomjon Toʻychiyevich
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-may 1952-yil (1952-05-01) (73 yosh)
Namangan, OʻzSSR
Mukofotlari

Biografiyasi

1952-yil 1-mayda Namangan viloyatida tugʻilgan.

1973-yili Fargʻona politexnika institutini tamomlagan. Ingliz, rus va nemis tillarini biladi.

1992-yili SSSR TIV Diplomatik akademiyasini tamomladi. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega.

1973-1974 — Qurolli Kuchlar safida xizmat.

1975-1989 — Namangan viloyatining qurilish tashkilotlari, partiya va jamoatchilik organlarida rahbar lavozimlarida ishladi.

1989-1992 — SSSR (Rossiya) Tashqi ishlar vazirligi diplomatik akademiyasi tinglovchisi.

1992-1993 — Konsullik boshqarmasida boʻlim boshligʻi, Ishlar boshqarmasi boshligʻi.

1993-1995 — Oʻzbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi 1-kotibi, maslahatchi-vakili.

1995-1996 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari.

1996-1997 — Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi bosh konsultanti.

1997-1999 — Oʻzbekiston Respublikasining Hindistondagi favqulodda va muxtor elchisi.

1999-2008 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining maslahatchisi, oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasining ShHTdagi milliy koordinatori.

2008-2010 — Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elchisi.

2010-2013 — Oʻzbekiston Respublikasining AQShdagi favqulodda va muxtor elchisi.

2010-2013 — Oʻzbekiston Respublikasining qarorgohi Vashingtonda joylashgan Braziliya va Kanadadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.

2013-2014 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining alohida topshiriqlar boʻyicha elchisi.

2014-2016 — „GM Uzbekistan“ AJ Bosh direktori maslahatchisi.

2016-2018 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining alohida topshiriqlar boʻyicha elchisi.

2018-2020 — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.

2020-2021 — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.

2021-yildan — MDH ijro qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

Favqulodda va muxtor elchi diplomatik martabasiga ega.

Mukofotlari

Doʻstlik ordeni hamda Rossiyaning Doʻstlik ordeni bilan taqdirlangan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, ilhom neʼmatov haqida ma’lumot. ilhom neʼmatov nima? ilhom neʼmatov nimani anglatadi?

Yuqori