Sportda gol nishonlash — bu gol urilganidan soʻng amalga oshiriladigan oʻziga xos anʼanadir. Odatda gol muallif tomonidan nishonlanadi, koʻp hollarda esa jamoadoshlar, murabbiy yoki murabbiylar shtabi va jamoa muxlislari ham ishtirok etishi mumkin. Umuman olganda, mazkur atama gol nishonlanishini nazarda tutsa-da, oʻyinchining koʻylagini yechishi yoki salto qilish kabi muayyan harakatlarga ham qoʻllanishi mumkin. Gol nishonlash asosan futbol va xokkey kabi kam ball toʻplanadigan sport turlarida muhimroq boʻlib, bu yerda gol katta ahamiyatga ega.
Koʻplab mashhur gol nishonlash usullari abadiylashtirilgan. Masalan, haykalda (Thierry Henry), reklamalarda (Ronaldo), pochta markalarida (Pelé), jurnal muqovalarida yoki videooʻyinlarda (Krishtianu Ronaldu, Gareth Bale, Lionel Messi va boshqalarning gol nishonlashlari FIFA seriyasidagi oʻyinlarga kiritilgan) mashhur gol nishonlash usullaridan foydalanilgan.
Nishonlash
Gol qoʻshigʻi
Gol qoʻshigʻi yoki golni nishonlash musiqasi — gol urilgandan keyin futbol yoki xokkey kabi sport turlarida ijro etiladigan qisqa musiqa. Baʼzan qoʻshiq ijro etilishidan oldin, ayniqsa Milliy Xokkey Ligasida (NHL) gol sadosi yangraydi.
Ana shunday qoʻshiqlardan biri Bellinining „Samba de Janeiro“ qoʻshigʻi boʻlib, u Bolton Wanderersning oʻz uyida urilgan har golidan keyin yangraydi, bu qoʻshiq Yevro 2008da gol qoʻshigʻi sifatida ishlatilgan. "Milan" „San-Siro“da har safar gol urganida van Halenning „Jump“ qoʻshigʻi ijro etiladi. Blurning „Song 2“ nomli qoʻshigʻi Germaniya va Avstriyaning baʼzi klublarida ijro etiladi. Shimoliy Amerikada esa asosan Glitter guruhining „Rock and Roll (Part Two)“ asari qoʻyiladi. Ukrainaning „Shaxtyor Donetsk“ futbol klubining uy maydoni boʻlgan „Donbass Arena“ da mezbonlar gol urganida, toʻpurarning millatiga mos keladigan musiqa qoʻyish anʼanasi bor. Masalan, armanistonlik Genrix Mxitaryan gol urganida hamyurti Aram Xachaturyanning „Sabre Dance“ asari yangragan. "Bavariya" Allianz Arenada gol urganida, Can-can yangraydi.
Mashhur nishonlash usullari
- Maydondagi oʻyinchilar gol muallifining ustiga yopirilgan holda guruh boʻlib quchoqlashishi yoki oʻyinchilar bir-birining yelkasiga sakrashi ;
- Toʻpurar burchakka yugurib, bir qoʻli bilan bayroq ustunini ushlab qichqirishi — Gabriel Batistuta „Fiorentina“da oʻynagan chogʻlarida xuddi shunday nishonlardi, uning bronza haykalining dizayni ham aynan shu gol nishonlash usulidan ilhomib yaratilgan
- Toʻpurar koʻrsatkich barmogʻini labiga qoʻyib, goʻyo (raqib) tomoshabinlarga va/yoki tanqidchilarga jim boʻlishni ishora qilishi — „Real Madrid“ hujumchisi Raul 1999-yilda „Nou Kamp“da ashaddiy raqibi „Barselona“ darvozasini ishgʻol qilganida golni shunday nishonlagan edi
- Toʻpurar Gabriel Batistuta va Edinson Kavani kabi pulemyotdan oʻq uzayotgandek harakat qilishi
- Toʻpurar bilagini qulogʻiga yaqin olib boradi, bu odatda yugurish paytida amalga oshiriladi. Ushbu nishonlash Luka Toni tomonidan koʻp marta ishlatilgan
- Toʻpurar qoʻl va oyoqlarini choʻzgan holda oʻtga shoʻngʻishi. Buni birinchi boʻlib Yurgen Klinsmann "Tottenxem" safiga qoʻshilganidan koʻp oʻtmay amalga oshirgan. Mazkur uslub „Klinsmann“ nomi bilan mashhur boʻldi.
- Toʻpurar „men eng zoʻriman, gol urish men uchun hech gap emas va hokazo“ degandek, xoʻrozday gerdayib yuradi yoki qochib ketadi. Buni "Manchester Yunayted " hujumchisi Erik Kantona, keyinroq esa Zlatan Ibrahimovich ommalashtirdi
- Ibrahimovich ikkala qoʻlning barmoqlarini yurak shakliga keltirishni ham ommalashtirdi. Shuningdek, bu usul Garet Beyl va Lorenzo Insigne tomonidan qoʻllangan.
- Raul kabi nomsiz barmogʻini oʻpish. Oila qurgan oʻyinchilar juftlarini shu yoʻsin tabriklaydilar. Rivaldo ushbu nishonlashni 1998-yilgi Jahon chempionatida Daniyaga qarshi chorak final uchrashuvida mashhur qildi. Luis Suares ham xotini va bolalariga hurmat sifatida bilagini va barmoqlarini oʻpdi, mazkur nishonlashni ommalashtirdi.
- Tiz choʻkish. Koʻpincha Didier Drogba va Eden Azar tomonidan amalga oshirilgan
- Ikkala qoʻlini choʻzib, samolyotga taqlid qilish. Bu braziliyalik sobiq hujumchi Careca tomonidan ommalashtirilgan, keyinchalik italiyalik hujumchi Vinchenso Montellaga „kichik samolyot“ (italyancha l’aeroplanino) laqabini keltirgan
- Ikkala qoʻlini choʻzib yugurish. Braziliyalik hujumchi Ronaldu faoliyatining dastlabki yillarida gollarini tez-tez shunday nishonlagan — uning gol nishonlashi „Inter“ maydonidagi "Xaloskor Masih" haykalidagi Masih figurasini almashtirgan holda Pirellining 1998-yilgi reklama roligiga asos boʻlgan. Kumiri Ronaldu boʻlgan Zlatan Ibrahimovich koʻpincha ikki qoʻlini choʻzgan holda gol nishonlaydi.
- Goʻdakni allalayotgandek qoʻllarini u yoqdan bu yoqqa silkitish. Bu, odatda, toʻpurar yaqinda ota-ona boʻlganligini bildiradi.
- Toʻpurar sevimli odamining homiladorligini koʻrsatish uchun toʻpni koʻylagi ostiga qoʻyishi.
- Bosh barmogʻini soʻrish (bolalarga hurmat ramzi yoki gol urish bolalar oʻyiniga oʻxshaydi degan maʼnoda) yillar davomida „Roma“ afsonasi Franchesko Tottining tashrif qogʻoziga aylandi. Bruno Fernandes esa koʻpincha bosh barmogʻini soʻrgandan keyin qoʻllarini quloqlari ustiga qoʻyadi.
Jazo
Baʼzi hollarda golni niahonlash futbolchilarga qimmatga tushishi ham mumkin. Jumladan, fashizm, natsizm, irqchilik kabi illatlarni ifodalovchi usullar, oʻyinchining futbolkasini yechishi kabilar hakamlar va futbol assotsiatsiyalari tomonidan jazoga tortilishi mumkin. Bu haqda maqoladagi rasmlar orqali koʻproq maʼlumot olishingiz mumkin.
Golni nishonlamaslik
Gol nishonlashdan bosh tortish yoki ovozsiz gol nishonlash futbolda nomaʼlum va kam uchraydigan narsa emas. Bu koʻpincha oʻyinchi sobiq klubiga, ayniqsa, faoliyatini boshlagan va/yoki eng katta muvaffaqiyatli davrini oʻtkazganklubga gol urganida kuzatildi.
Mashhur golni nishonlamaslik holatlari
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, gol nishonlash haqida ma’lumot. gol nishonlash nima? gol nishonlash nimani anglatadi?

