Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Fyodor Mikhaylovich Smolov (1990-yil 9-fevralda tugʻilgan) — rossiyalik professional futbolchi, Moskvaning „Dinamo“ klubi va Rossiya terma jamoasi hujumchisi.

Fyodor Smolov

Fyodor Mikhaylovich Smolov (1990-yil 9-fevralda tugʻilgan) — rossiyalik professional futbolchi, Moskvaning „Dinamo“ klubi va Rossiya terma jamoasi hujumchisi.

Fyodor Smolov
2022-yil Smolov Dynamo Moskva tarkibida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Fyodor Mikhailovich Smolov
Tavallud sanasi 9-fevral 1990-yil (1990-02-09) (36 yosh)
Tavallud joyi Saratov, Russian SFSR, Soviet Union
Boʻyi 1.87 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
|Dynamo Moscow
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1997-2004 Sokol Saratov
2005-2006 Master-Saturn Yegoryevsk
2006-2007 Saturn Moscow
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007-2015 Dynamo Moscow 68 (3)
2010 Feyenoord (ijara) 11 (1)
2012-2013 Anzhi Makhachkala (ijara) 15 (0)
2014 Anzhi Makhachkala (ijara) 11 (2)
2014-2015 Ural Yekaterinburg (ijara) 22 (8)
2015-2018 Krasnodar 75 (53)
2018-2022 Lokomotiv Moscow 72 (23)
2020 Celta Vigo (ijara) 14 (2)
2022- Dynamo Moscow 14 (9)
Milliy terma jamoa
2006-2007 Rossiya U17 11 (5)
2008 Rossiya U19 5 (3)
2008-2013 Rossiya U21 32 (16)
2012- Rossiya 45 (16)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 30-iyul uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2021-yil 14-noyabr uchun)

Klublardagi faoliyati

Smolov Master-Saturn Yegoryevsk futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi. 2007-yilda u Moskvaning „Dinamo“ jamoasiga oʻtadi . U Rossiya Premer-ligasidagi debyutini 2007-yil 28-aprelda „Dinamo“ tarkibida 17 yoshida „Luch-Energiya Vladivostok“ ga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. 2010- yilning 14-iyulida klub Smolovni "Feyenoord "ga bir yillik ijaraga berdi.

Uralga ijara

2014-yilning 1-sentabrida Smolov Ural Yekaterinburg ga bir mavsumga ijaraga berildi. Ikki hafta oʻtgach, u klubdagi debyutida Permning Amkar klubiga safarda gol urdi. U „Ural“ safida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 

Krasnodar

2015-yilning 2-iyunida Smolov Rossiya Premer-ligasining Krasnodar klubiga erkin agent sifatida oʻtdi va toʻrt yillik shartnoma imzoladi. U 2015-yil 20-iyulda o‘zining birinchi o‘yinini „Amkar Perm“ga qarshi mehmonda oʻtqazdi.

Lokomotiv Moskva

2018-yil 9-avgustda u Rossiya Premer-ligasi chempioni Moskvaning „Lokomotiv“ klubiga oʻtdi.

Seltaga ijara

2020-yilning 30-yanvarida u Ispaniyaning Selta Vigo klubiga 2019/20-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida o‘tdi. U yangi klubidagi ilk golini 2020-yil 16-fevral kuni „ Santyago Bernabeu“ stadionida Real ga qarshi o‘yinda (2:2) urgan. 27-iyun kuni "Barselona"ga qarshi oʻyinda ham Smolov gol kiritdi.

Lokomotiv qaytish

2021-yilning 12-may kuni u Rossiya kubogi-2021 finalida Kriliya Sovetovga qarshi o‘yinda gol urdi. U „Lokomotiv“dagi uchinchi sovrinini qoʻlga kiritdi va jamoadoshi Fransua Kamano bilan birga 4 ta gol bilan turnirning eng yaxshi toʻpurari boʻldi. 

Dinamo qaytish

2022-yilning 12-yanvarida „Dinamo“ „Lokomotiv“dan Smolovni o‘z safiga qo‘shib olganini eʼlon qild. Moskva klubi Smolov bilan 1,5 yilga shartnoma imzoladi.

Terma jamoadagi faoliyat

Smolov 2011-yilda 21-yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralashida ishtirok etgan.

2012-yil 6-noyabrda Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kapello Smolovni AQShga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun tarkibga kiritdi. 14-noyabr kuni u debyutini oʻtkazdi va milliy terma jamoadagi ilk golini kiritdi.

Sovrinlari

Lokomotiv Moskva
  • Rossiya kubogi: 2018-19, 2020-21
  • Rossiya Superkubogi: 2019
Shaxsiy sovrinlari
  • Rossiya Premer-ligasining eng yaxshi toʻpurari: 2015-16, 2016-17
  • Rossiyada yilning eng yaxshi futbolchisi (Sport-Ekspress): 2015-16, 2016-17, 2017-18

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, fyodor smolov haqida ma’lumot. fyodor smolov nima? fyodor smolov nimani anglatadi?

Yuqori