Futbol toʻpi futbolda oʻynaluvchi sharsimon toʻpdir. Futbol qoidalariga koʻra toʻpning aylanasi 68-70 sm, massasi 410—450 g, ichki havo bosimi 55-80 kPa, usti charm yoki shunga oʻxshash material bilan qoplangan boʻlishi zarur.

Futbol toʻplarini bir qolipga keltirish 1863-yilda, toʻplarning qanday boʻlishi haqidagi qoidalar joriy etilishi bilan boshlandi. 1872-yili bu qoidalarga oʻzgartirishlar kiritildi.
Hozirgi toʻplar 32 yoqli sharsimon ikosaedr shaklidadir, ulardan 12 tasi muntazam beshburchak, 20 tasi muntazam oltiburchakdir.

Futbol toʻplari avvalboshda bir rangli: jigarrang, oq boʻlgan. 1960-larda oq-qora televideniyedagi futbol matchlari efirlari uchun toʻplar oq-qora rangga boʻyala boshlandi. Rangli televideniye yoyilishi bilan bu odat keraksiz boʻlib qolib, endilikda toʻplar har xil ranglarga boʻyalmoqda.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, futbol toʻpi haqida ma’lumot. futbol toʻpi nima? futbol toʻpi nimani anglatadi?