Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Qumqoʻrgʻon – Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumanidagi shahar, tuman markazi (1989-yildan), Surxondaryoning oʻng sohilida, Janubiy Surxon suv ombori quyi qis

Qumqoʻrgʻon

Qumqoʻrgʻon – Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumanidagi shahar, tuman markazi (1989-yildan), Surxondaryoning oʻng sohilida, Janubiy Surxon suv ombori quyi qismida joylashgan. Transport yoʻli stansiyasi. Aholisi 5,3 ming kishi (2023).

Qumqoʻrgʻon
shahar
38°22′01″N 67°12′10″E / 38.36694°N 67.20278°E / 38.36694; 67.20278
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Surxondaryo viloyati
tuman Qumqoʻrgʻon tumani
Aholisi
 (2023 yil)
5 000 kishi
Vaqt mintaqasi UTC+5
Qumqoʻrgʻon xaritada

Qumqoʻrgʻonga dastlab 1930-yillarda Qumqoʻrgʻon kanalining qazilishi va shu nomdagi qoʻriq yerlarning oʻzlashtirilishi munosabati bilan asos solingan. 1950-yillarda Sherobod – Qiziriq massivida sugʻoriladigan yerlarni kengaytirish maqsadida boshlangan Janubiy Surxon suv ombori qurilishi bilan Qumqoʻrgʻon kengaytirildi, obodonlashtirildi. Shaharda „Surxon“ kombinati (temir-beton buyumlari ishlab chiqariladi), taʼmirlash-mexanika, paxta tozalash zavodlari, MTP, avtokorxonalar, qurilish tashkilotlari, neftni saqlash va sisternalarga quyish estakadasi, non kombinati va boshqa sanoat korxonalari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Kichik, oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. 3 umumiy oʻrta taʼlim maktabi, kasb-hunar kolleji, tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uyi va boshqa madaniyat muassasalari, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion va boshqa sport inshootlari bor. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar mavjud.

Qumqoʻrgʻondan Toshkent – Dushanbe temir yoʻli va Termiz – Dushanbe avtomobil yoʻli oʻtgan. Mustaqillik yillarida qurilgan Toshgʻuzor – Boysun – Qumqoʻrgʻon temir yoʻlining 112 km qismida poyezdlar qatnaydi. Qumqoʻrgʻondan Termiz shahriga avtobuslar va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, qumqoʻrgʻon haqida ma’lumot. qumqoʻrgʻon nima? qumqoʻrgʻon nimani anglatadi?

Yuqori