Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Friedrich Engels (talaffuzi: Fridrix Engels; 1820-yil 28-noyabr, Barmen, Jülich-Cleves-Berg, Prussiya qirolligi — 1895-yil 5-avgust, London, Birlashgan Qirollik

Friedrich Engels

Friedrich Engels (talaffuzi: Fridrix Engels; 1820-yil 28-noyabr, Barmen, Jülich-Cleves-Berg, Prussiya qirolligi — 1895-yil 5-avgust, London, Birlashgan Qirollik) — olmon mutafakkiri va jamoat arbobi, marksizm asoschilaridan biri. Fabrikant oilasida tugʻilgan. 1841—1842-yillarda Berlinda harbiy xizmatni oʻtash davrida universitetga kelib maʼruzalar tinglab turdi. 1842-yil Manchester (Buyuk Britaniya) shahriga koʻchib kelib fabrika idorasida ishladi; „Reyn gazetasi“da hamkorlik qildi. Parijda 1844-yil Karl Marx bilan boʻlgan uchrashuv ularning doʻstligiga asos soldi. Engels „Kommunistlar ittifoqi“ni tashkil etishda (1847) va uning faoliyatida ishtirok qildi. Marx bilan birga ittifoq dasturi — „Kommunistik partiya manifesti“ni yozdi (1848). 1848-yil iyun — 1849-yil mayida Kyolnda Marx bilan birga „Yangi Reyn gazetasi“ni nashr etdi, 1849-yil Janubiy Gʻarbiy Germaniyada qurolli qoʻzgʻolonda qatnashdi. 1849-yil noyabrda Londonga koʻchib keldi, 1850-yil noyabrda esa Manchesterga kelib, savdo idorasida ishlay boshladi. 1870-yildan Londonda yashadi; Marxga doimiy moddiy yordam berib turdi. U bilan birga Birinchi internatsional faoliyatiga rahbarlik qildi. Marx vafotidan keyin Engels Yevropa sotsialistlarining maslahatchisi va rahbari boʻldi. Asosiy asarlari: „Angliyada ishchilar sinfining ahvoli“ (1845), „Muqaddas oila“ (1845), „Nemis mafkurasi“ (1845–46) (keyingi ikkalasi Karl Marx bilan birga yozilgan), „Germaniyada dehqonlar urushi“ (1850), „Germaniyada inqilob va aksilinqilob“ (1851–52), „Anti-Dühring“ (1878), „Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi“ (1884), „Lyudvig Feyerbax va nemis klassik falsafasining oxiri“ (1886), „Tabiat dialektikasi“ (1873–82; 1925-yil bosilib chiqqan), „Fransiya va Germaniyada dehqonlar masalasi“ (1894). Engels Marx bilan birga yaratgan taʼlimot tarixiy taraqqiyotga, hayotning obyektiv qonuniyatlariga zid edi. Bu taʼlimot 20-asrda dunyoning katta qismida muayyan sinf mafkurasiga aylantirilib, jamiyatning barcha aʼzolarini unga boʻysundirishga harakat qilindi. Bunday taʼlimot amal qilgan ijtimoiy tuzumda mulkka egalik, shaxs erkinligi, inson huquklari poymol etilishi natijasida oʻta salbiy ijtimoiy jarayonlar sodir boʻldi.

Friedrich Engels

Engels (1879)
Tavalludi 28-noyabr 1820-yil
Barmen, Jülich-Cleves-Berg, Prussiya qirolligi
(hozirgi Vuppertal, Germaniya)
Vafoti 5-avgust 1895-yil(1895-08-05)
(74 yoshda)
London, Angliya
Fuqaroligi Prussiya qirolligi va Birlashgan Qirollik
Mashhur ishlari „Angliyada ishchilar sinfining ahvoli“, „Anti-Dühring“, „Nemis mafkurasi“
Turmush oʻrtogʻi
Lizzie Burns
(turm. 1878; vaf. 1878)
Otasi Friedrich Engels
Onasi Elise Engels
Imzosi

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, friedrich engels haqida ma’lumot. friedrich engels nima? friedrich engels nimani anglatadi?

Yuqori