Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Fosfolipidlar, fosfatidlar — murakkab lipidlar, molekulalarida fosfat kislota qoldiqlari boʻladi. Fosfolipid tarkibiga glitserin, yogʻ kislotalari, aldegidlar v

Fosfolipidlar

Fosfolipidlar, fosfatidlar — murakkab lipidlar, molekulalarida fosfat kislota qoldiqlari boʻladi. Fosfolipid tarkibiga glitserin, yogʻ kislotalari, aldegidlar va azotli birikmalar (xolin, etanolamin, serii) kiradi. Glitserofosfatidlar [fosfatidilxolin (letsitin), fosfatidiletanolamin (kefalin), fosfatidilserin, fosfatidilinozit, kardiolipin] va fosfosfingolipidlar — fingomiyelinlar Fosfolipidning muhim vakillari.

Fosfolipid tabiatda keng tarqalgan. Asosiy struktura komponentlari sifatida hayvonlar, oʻsimliklar va mikroorganizmlar xujayra membranalari tarkibiga kiradi. Oqsillar bilan lipoprotein komplekslar hosil qiladi.

Fosfolipid dan tashqari fosfonolipidl a r ham maʼlum, bularda fosfor atomi azot asosiga (xolin va etanolaminga) R—S kovalent bogʻ orqali birikkan. Bu birikmalar mollyuskalar va bakteriyalarda topilgan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, fosfolipidlar haqida ma’lumot. fosfolipidlar nima? fosfolipidlar nimani anglatadi?

Yuqori