Ahmad Masʼud (dariycha: احمد مسعود) — afgʻonistonlik siyosiy arbob, millati – tojik. Afgʻoniston qahramoni — Ahmad Shoh Masʼudning oʻgʻli va izdoshi. 2016-yildan „Massoud Foundation“ bosh direktori. 2019-yil 5-sentabrda Panjsher vodiysidagi maqbarada otasining izdoshi deb eʼlon qilingan.
| Ahmad Masʼud | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 1989-yil Piyu, Taxor viloyati, Afgʻoniston Demokratik Respublikasi |
| Fuqaroligi | |
| Taʼlimi | Kingʻs College London, City, University of London |
| Kasbi | Massoud Foundation bosh direktori |
| Faoliyat yillari | 2021–hozirgacha |
| Millati | tojik |
| Dini | islom |
| Ota-onasi |
|
Tarjimai holi
Ahmad Masʼud Taxor viloyatida tojik oilasida tugʻilgan. Eronda oʻrta maktabni tugatgach, Sandhurst Qirollik harbiy akademiyasida oʻqigan. 2012–2015 yillarda u London Qirollik kollejining harbiy tadqiqotlar fakultetida oʻqigan. 2016-yil London shahar universitetida magistr darajasini olgan.
2016-yil Afgʻonistonga qaytgan Ahmad Masʼud „Massoud Foundation“ bosh direktori etib tayinlanadi.
Ahmad Masʼud 2019-yil martdan rasman siyosat bilan shugʻullana boshlaydi.
2021-yil Tolibon hujumlari fonida Masʼud Panjsher viloyatida Tolibonga qarshi kurashish uchun katta harbiy kuch toʻpladi. Kobul qulaganidan soʻng u Afgʻonistonning birinchi vitse prezidenti Amrulloh Solih bilan qoʻshilgan holda „Tolibon“ hokimiyatini tan olmadi va qarshilik koʻrsatishda davom etmoqda.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, ahmad masʼud haqida ma’lumot. ahmad masʼud nima? ahmad masʼud nimani anglatadi?
