Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Faxmutdin Xoʻjayev (1915-yil, 12-fevral, Toshkent viloyati Parkent qishlogʻi – 1975-yil, 27-aprel, Toshkent) – texnolog-muhandis. 1937-1941-yillarda Sanoat akad

Faxmutdin Xoʻjayev

Faxmutdin Xoʻjayev (1915-yil, 12-fevral, Toshkent viloyati Parkent qishlogʻi – 1975-yil, 27-aprel, Toshkent) – texnolog-muhandis. 1937-1941-yillarda Sanoat akademiyasi va Toshkent toʻqimachilik institutida oʻqigan. Texnika fanlari nomzodi (1967). 1941-1945-yillar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1946-1947-yillardaToshkent shahri partiya qoʻmitasi xodimi, 1950-1952, 1958-1960-yillarda birinchi kotibi, 1956-1957-yillarda Toshkent viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi sifatida faoliyat olib borgan. Xoʻjayevning faoliyati Oʻzbekistonda paxtachilik va yengil sanoatni rivojlantirish bilan bogʻlangan edi. U 1957-1958-yillarda Oʻzbekiston SSR toʻqimachilik sanoati, 1965-1968-yillarda paxta tozalash sanoati, 1968-1975-yillarda yengil sanoat vaziri lavozimlarida, xalq xoʻjaligi kengashi tizimlarida faoliyat olib borgan. Toshkent shahri koʻchalaridan biri uning nomi bilan ataladi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, faxmutdin xoʻjayev haqida ma’lumot. faxmutdin xoʻjayev nima? faxmutdin xoʻjayev nimani anglatadi?

Yuqori