Fargʻona okrugi — Oʻzbekiston SSR tarkibida 1926—1930-yillarda mavjud boʻlgan maʼmuriy-hududiy birlik.
|
| ||
| okrug | ||
|---|---|---|
| Tegishli | Oʻzbekiston SSR | |
| Maʼmuriy markazi | Qoʻqon | |
| Asos solingan sanasi | 1926-yil | |
| Bekor qilingan sanasi | 1930-yil 30-iyul | |
| Aholi | 674,1 ming kishi (1926) | |
| Maydoni | 11 ming km² | |
| Xaritada | ||
Tarixi
Fargʻona okrugi 1926-yilda tashkil topgan. Markazi Qoʻqon shahri.
1929-yilga kelib okrug tarkibida 11 ta tuman boʻlgan: Oltiariq, Bagʻdod, Beshariq, Buvayda, Qoʻqon, Quva, Qudash, Margʻilon, Rishton, Fargʻona, Chust.
1930-yil 30-iyulda SSSRning aksariyat okruglari singari Farg‘ona okrugi ham tugatildi. Uning tumanlari bevosita Oʻzbekiston SSR boʻysunuviga oʻtkazildi.
Aholisi
1926-yilda okrug aholisi 674,1 ming kishi boʻlgan. Jumladan, o‘zbeklar 80,5%, tojiklar 9,4%, ruslar 3,9%, qirgʻizlar 1,9% tashkil qilgan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, fargʻona okrugi haqida ma’lumot. fargʻona okrugi nima? fargʻona okrugi nimani anglatadi?
