Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Epoksid polimerlar - epoksid smolalar yoki epoksid oligomerlarning qotiruvchilar ishtirokida polimerlanish mahsulotlari. Oddiy epoksidlar asosida olingan materi

Epoksid polimerlar

Epoksid polimerlar - epoksid smolalar yoki epoksid oligomerlarning qotiruvchilar ishtirokida polimerlanish mahsulotlari. Oddiy epoksidlar asosida olingan materiallar mexanik va issiqlik taʼsiriga 155°gacha chidaydi, ammo Epoksid polimerlarning oʻzi nisbatan yuqori boʻlmagan issiqlikka bardosh bera olmaydi. Yuqori haroratga chidamli Epoksid polimerlar: 1) epixlorgidrinni yuqori haroratga chidamli fenol komponentlari bilan kondensatlab; 2) epixlorgidrinni boshqa oksid komponentlar, xususan, bisepoksidlar bilan almashtirib olinadi. Diepoksid asosida yangi sikloalifatik Epoksid polimerlar chiqariladi. Ular kislota oksidlari bilan qotiriladi va yuqori haroratga bardosh bera oladi, dielektrik xossalarini 200°gacha saqlaydi. VGʻ3bilan qotirilgan Epoksid polimerlar gidroksil guruhlarning kamligi va katta pishiklikka egaligi bilan farqlanadi, shuningdek, uzoq vaqt davomida 200° haroratga chidaydi. Epixlorgidrin va 2 atomli fenolni ishqor ishtirokida qizdirilganda tola hosil qiluvchi aromatik polioksibirikmalar — Epoksid polimerlar olish mumkin. Epoksid polimerlarning issiqlikka bardoshligini oshirish maqsadida makromolekula tarkibiga koʻp atomli fenollar kiritiladi.


vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, epoksid polimerlar haqida ma’lumot. epoksid polimerlar nima? epoksid polimerlar nimani anglatadi?

Yuqori