Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ibn Battuta mashhur arab sayyohi ,geografi va tarixchisi hisoblangan. Barbarlarning lavat kabilasiga mansub, Ibn Battuta 28 yillik sayohatlari davomida quruqlik

Ibn Battuta

Ibn Battuta mashhur arab sayyohi ,geografi va tarixchisi hisoblangan. Barbarlarning lavat kabilasiga mansub, Ibn Battuta 28 yillik sayohatlari davomida quruqlik va dengiz orqali 120 ming km masofani bosib oʻtgan. Ibn Battuta 1325-yil yozida Marokashdan Hajga boruvchilar karvonga qoʻshilib safarga chiqqan va deyarli barcha musulmon mamlakatlarida boʻlgan. Dastlab Misr, Shom (Suriya), Livan, Falastin, Mesopotamiyaga borgan. 1332-yil uchinchi marta Makkaga borib haj marosimida qatnashgan. Nil daryosi yoqalab yana Qohiraga qaytgan. Soʻngra Ibn Battuta Yaqin Sharq mamlakatlari orqali Turkiya va Qrimga bordi. Itil (Volga) daryosi orqali Hoji Tarxon (Astraxon) ga oʻtib, Oltin Oʻrda xoni Oʻzbekxonning qabulida boʻlgan; keyin Xorazm poytaxti Urganchga kelgan. Undan Buxoro, Nahshab, Termiz, Samarkand, Balx va Kobul, Moʻlton orqali Hindistonga borgan va Dehli sultoni Muhammad Tugʻloq saroyida qariyb 8 yil molikiylar qozisi lavozimida xizmat qilgan (Ibn Battuta Sherozda ikki mazhab — molikiylar va shofiʼiylar qozisi degan shahodatnoma olgan edi). Soʻngra sayohatni davom ettirib Indoneziya va Xitoyga borgan. 1349 i. Marokashga qaytgan. 1349—52 yillar orasida Ispaniyaning arablar tasarrufidagi joylariga, 1352—53 yillarda Sudanga sayohat qilgan.

Ibn Battuta
berber.: ⵎⵉⵙ ⵏ ⵡⵓⴱⵟⵟⵓⵟ
arabcha: ابن بطوطة‎

1869-yilda ishlangan va Ibn Battuta tasvirlangan Léon Benett asari. Ibn Battuta (markazda) va uning yoʻl boshlovchisi (chapda) Misrda.
Tavalludi
Muḥammad ibn ʿAbd Allāh Muḥammad ibn Ibraḥim ibn Muḥammad ibn Yusuf

24-fevral 1304
Tanjer, Mariniy sultonligi
Vafoti 1369-yil (64 yoki 65 yoshida)
Marokash, Mariniy sultonligi
Kasbi Geograf, sayyoh va olim

Ibn Battuta oʻrta asrdagi eng yirik sayohatchi boʻlib, uni uzoq mamlakatlarga sayoxat qilishda yoʻl qiyinchiliklari, muhtojlik, xavf-xatarlar toʻxtata olmagan. U borgan mamlakatlarning geografiyasi, tarixiy hamda iqtisodiy, etnog-rafik va madaniy-maishiy hayotiga oid qimmatli maʼlumotlar qoldirgan. Ayniqsa, Oʻrta Osiyo shaharlari, jumladan Samarqandning dunyoga mashhur sifatli qogʻozi xdqidagi yozganlari eʼtiborga loyiq. Hulokuiylar hukmronligi davridagi Eronning iqtisodiy va madaniy hayoti batafsil tasvirlangan. Ibn Battuta yirik savdogar ham edi, sultonlarning farmoyishi bilan baʼzan elchilik vazifalarini ham bajargan.

Ibn Battuta fors va turkiy tillarni ham yaxshi bilgan. Uning "Tuxfat an-nuzzor fi gʻaroyib al-amsor va ajoyib alafsar" ("Turli shahar va safarlardagi ajoyibotlar shohidi boʻlganlar uchun tuhfa") asari Yaqin Sharq va Oʻrta Osiyo reorp. si tarixini tadqiq etishda muhim manba hisoblanadi. Ushbu asar Ibn Battuta zamonidagi (turmushga oid) adabiyotning namunasi boʻlib, oʻz davrining adabiy va psixologik yodgorliklaridan biridir. U ilmiy manbalarda "Sayohatnoma" deb ataladi. Ibn Battuta asarlari 80 dan ortiq Yevropa va Osiyo xalqlari tillarigatarjima qilingan. Ibn Battuta faoliyati ustida oʻzbek olimi N. Ibrohimov tadqiqot ishlari olib borgan va u haqda oʻzbek, rus, arab, ingliz tillarida asarlar yaratdi.

Sayohatlari

Sayohat yoʻnalishi (1325—1332-yillar)

 
 
 
Tanjer
 
Tlemsen
 
Béjaïa
 
Tunis
 
Fes
 
Miliana
 
Jazoir
 
Annaba
 
Sus
 
Gabès
 
Tripoli
 
Sfaks
 
Qohira
 
Damashq
 
Quddus
 
Bifleem
 
Madina
 
Najaf
 
Bagʻdod
 
Dajla
 
Basra
 
Zagros togʻlari
 
Sheroz
 
Tabriz
 
Mosul
 
Cizre
 
Mardin
 
Jidda
 
Yaman
 
Rabigʻ
 
Zabīd
 
Taiz
 
Sano
 
Adan
 
Zeila
 
Mogadisho
 
Mombasa
 
Zanjibar
 
Dhofar
 
Al-Hasa
 
Qatif
 
Maskat
 
Loziqiya
 
Kilva
class=notpageimage|
Ibn Battutaning 1325–1332-yillardagi sayohat yoʻnaliushlari (Shimoliy Afrika, Iroq, Eron, Arabistom yarim oroli, Somali, Suahili qirgʻogʻi)

Sayohat yoʻnalishi (1332—1347-yillar)

 
 
 
Onadoʻli
 
Alanya
 
Koʻniya
 
Sinop
 
Feodosiya
 
Astraxan
 
Buxoro
 
Samarqand
 
Isfahon
 
Delhi
 
Khambhat
 
Kojikode
 
Sumatra
 
Honavar
 
Uttara Kannada
 
Odam choʻqqisi
 
Vyetnam
 
Filippin
 
Sylhet
 
Myanma
 
Pasai
 
Java
 
Quanchjou
 
Futszyan
 
Xanchjou
 
Pekin
 
Balx
 
Antaliya
 
Bolgariya
 
Azov
 
Pokiston
 
Samarqand
 
Uttar-Pradesh
 
Qohira
 
Damashq
 
Quddus
 
Bifleem
 
Madina
 
Bagʻdod
 
Sheroz
 
Jidda
 
Makka
 
Dhofar
class=notpageimage|
Ibn Battutaning 1332—1346-yillardagi sayohat yoʻnalishi (Qora dengiz hududi, Markaziy Osiyo, Hindiston, Janubi-sharqiy Osiyo va Xitoy)

Sayohat yoʻnalishi (1349—1354-yillar)

 
 
 
Tanjer
 
Tlemcen
 
Tunis
 
Fos
 
Jazoir
 
Ténès
 
Qohira
 
Sijilmasa
 
Taghaza
 
Oualata
 
Niani
 
Tombuktu
 
Gao
 
I-n-Azaoua
 
Takedda
 
Cagliari
 
Marokash
 
Gibraltar
 
Granada
 
Málaga
class=notpageimage|
Ibn Battutaning 1349—1354-yillardagi sayohat yoʻnalishi (Shimoliy Afrika, Ispaniya and Gʻarbiy Afrika)

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, ibn battuta haqida ma’lumot. ibn battuta nima? ibn battuta nimani anglatadi?

Yuqori