Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Chana sporti — qishki sport turi, bir kishilik (ogʻirligi 22 kg) va ikki kishilik (ogʻirligi 26 kg) chana (sirpanchiklarining eni 15 sm, orasi 48 sm, uz. 124—15

Chana sporti

Chana sporti — qishki sport turi, bir kishilik (ogʻirligi 22 kg) va ikki kishilik (ogʻirligi 26 kg) chana (sirpanchiklarining eni 15 sm, orasi 48 sm, uz. 124—150 sm) da 800–2000 m qorli yoki muzlatilgan maxsus qiyalik trassadan tez uchish musobaqasi. Chana sporti 19-asr oxirida Yevropada sport turi sifatida shakllangan, 1883-yilda Shveysariyaning Davos shahri yaqinida birinchi xalqaro musobaqa oʻtkazilgan. 1884-yildan Germaniyada sport chanalari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Chana sporti 1924-yildan Xalqaro bobsley va toboggan federatsiyasi tarkibida rivojlana boshladi. 1954-yilda Xalqaro Chana sporti federatsiyasi (FIL) tashkil topdi, unga 40 dan ziyod davlat aʼzo. Chana sporti boʻyicha 1955-yildan jahon chempionati oʻtkazib kelinadi, 1964-yildan olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan. Chana sporti Avstriya, Germaniya, Italiya, Norvegiya, Polsha, Chexiya, Shveysariya kabi davlatlarda rivojlangan.


vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, chana sporti haqida ma’lumot. chana sporti nima? chana sporti nimani anglatadi?

Yuqori