Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev (1896-yil, Fargʻona viloyati, Rishton tumani, Uyrat qishlogʻi — 25-may 1977-yil, Fargʻona shahri) — sovet davlat va partiya arbobi, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan irrigator (1964), Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1971), KPSS aʼzosi (1927).
| Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev | |
|---|---|
![]() | |
| Mansab davri 1943 – 1952 | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1896 Oʻyrat qishlogʻi, Rishton volosti, Qoʻqon uyezdi, Fargʻona viloyati (Rossiya imperiyasi) |
| Vafoti | 25-may 1977-yil (81 yosh) Fargʻona shahri, Fargʻona viloyati, OʻzSSR |
| Fuqaroligi | |
| Siyosiy partiyasi | KPSS |
| Mukofotlari | |
| Dafn etilgan joyi | Xoʻjai Bob qabristoni |
| Unvoni | |


Tarjimayi holi
Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev 1896-yilda Rossiya imperiyasi tasarrufidagi Turkiston oʻlkasi Fargʻona viloyati Rishton volosti Uyrat qishlogʻida yollanma dehqon oilasida tavallud topgan.
Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev 1916-yilda Rishtonda boʻlib oʻtgan qoʻzgʻolonda ishtirok etgan. 1916-yil 12-iyulda “Xoʻja Ilgʻor” masjidi yonidagi jangda tayoq va toshlar bilan qurollangan rishtonlik qoʻzgʻolonchilar bilan birga mahalliy pristav va uning qoʻriqchilariga hujum uyushtirgan. 1917–1923-yillari Fargʻona vodiysida sovet hokimiyatini oʻrnatish janglarida qatnashgan.
Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev 1917–1922-yillarda Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi Pandigon qishloq soveti kotibi, volost oziq-ovqat otryadi inspektori; 1922–1924-yillarda Rishton tumani Ijroiya qoʻmitasi kommunal xoʻjalik boʻlimi mudiri, oziq-ovqat otryadi inspektori; 1924–1927-yillar va 1930–1933-yillarda Bagʻdod tumani Ijroiya qoʻmitasi raisi; 1927–1929-yillarda Fargʻona okrugi yer boʻlimi mudiri; 1929–1930-yillarda okrug qishloq ittifoqi raisi; 1933–1939-yillar Izboskan tumani, 1939–1943-yillar Oʻzbekiston tumanlari va 1943–1952-yillar Fargʻona viloyati Ijroiya qoʻmitasi raisi; 1952–1957-yillar Usmon Yusupov nomidagi Katta Fargʻona kanali ekspulatatsiya boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi 10-syezdida Markaziy Komiteti aʼzosi, 12-syezdida esa Markaziy Komiteti aʼzoligiga nomzod etib saylangan. 2-chaqiriq SSSR Oliy Soveti (1946—1950), 2-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti (1947—1950) deputati boʻlgan.
Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev 1977-yil 25-may kuni Fargʻona shahrida vafot etgan.
Farzandlari
Erkin Usmonxoʻjayev (1926—1987) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni.
Inomjon Usmonxoʻjayev (1930—2017) — Oʻzbekiston SSR davlat va partiya arbobi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi (1983—1988).
Unvon va mukofotlari
- „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan irrigator“ unvoni (1964);
- Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1971-yil 8-aprelda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishni rivojlantirish, davlatga dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirib berishda beshyillik rejani bajarishdagi ulkan yutuqlari, partiya xoʻjalik tashkilotlarida hamda irrigatsiya ishlarida uzoq ishlab, yuqori koʻrsatkichlarga erishgani uchun);
- Lenin ordeni (1939-yil 23-dekabr; 1950-yil 16-yanvar; 1971-yil 4-avgust);
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1944-yil 25-dekabr; 1946-yil 23-yanvar; 1957-yil 11-noyabr; 1966-yil 30-aprel);
- „Hurmat belgisi“ ordeni (1945-yil 1-oktabr);
- Qizil Yulduz ordeni (1947-yil 6-fevral);
- 2-daraja Vatan urushi ordeni (1945-yil 1-fevral) bilan taqdirlangan.
Xotira
- Fargʻona shahrining markaziy koʻchalaridan biri Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev nomi bilan atalgan.
- Rishton tumanidagi qishloq fuqarolar yig‘inlaridan biriga Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev nomi berilgan.
Adabiyotlar
- Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, XI tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1978 — 656-bet.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, buzrukxoʻja usmonxoʻjayev haqida ma’lumot. buzrukxoʻja usmonxoʻjayev nima? buzrukxoʻja usmonxoʻjayev nimani anglatadi?
