Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Bernard Charlz Ecclestone (1930-yil 28-oktyabrda tugʻilgan) britaniyalik biznes magnati. U Formula 1 guruhining sobiq bosh direktori, Formula 1 guruhining bosh

Bernie Ecclestone

Bernard Charlz Ecclestone (1930-yil 28-oktyabrda tugʻilgan) britaniyalik biznes magnati. U Formula 1 guruhining sobiq bosh direktori, Formula 1 guruhining bosh kompaniyasi boʻlgan Delta Topco kompaniyasiga qisman egalik qiluvchi shaxs. Uni jurnalistlar odatda „F1 Supremo“ sifatida tasvirlangan.

Bernie Ecclestone
Tavalludi
Bernard Charles Ecclestone

28-oktyabr 1930-yil (1930-10-28) (95 yosh)
Hawk House, St Peter South Elmham, Suffolk, Angliya
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi Biznesman
Faoliyat yillari 1950-hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
  • Ivy Bamford
    (turm. 1952, ajrashgan)
  • Slavica Radic`
    (turm. 1985; ajr. 2009)
  • Fabiana Flosi (turm. 2012)
Bolalari 4 ta farzandi bor Tamara and Petra

Ecclestone 1958-yilgi mavsumda haydovchi sifatida ikkita Grand-pri poygasida qatnashdi, ammo ularning ikkalasida ham muvaffaqiyatsizlikga uchradi. Keyinchalik u Styuart Lyuis-Evans va Yoxen Rindt ismli haydovchilarni menejeri boʻldi. 1972-yilda u 15 yil davomida boshqargan Brabham jamoasini sotib oldi. Jamoa egasi sifatida u Formula 1 konstruktorlari uyushmasiga aʼzo boʻldi.

2017-yilning 23-yanvarida Ecclestone oʻrniga Cheyz Keri Formula 1 guruhining bosh ijrochi direktori etib tayinlandi. Ecclestone esa faxriy rais etib tayinlandi va kengashning maslahatchisi sifatida ishladi.

Ecclestone va biznes sherigi Flavio Briatore 2007—2011-yillarda Angliyaning „ Quins Park Reynjers“ futbol klubiga ham egalik qilgan.

Yoshligi

Ecclestone 1930-yil 28-oktyabrda Janubiy Elmxemning Sent-Piter shahrida Bungay shaharchasidan uch mil janubda joylashgan Suffolk qishlogʻida tugʻilgan. U baliqchi Sidni Ecclestonening oʻgʻli edi, uning oilasi XX asrning boshlarida Norvichning rassomlik sanoatida ishlash uchun Kentdan koʻchib oʻtgan. Berta, Bernie Ecclestonening onasi edi. Ecclestone oilasi 1938-yilda Danson Road, Bexleyheath, Janubi-Sharqiy Londonga koʻchib oʻtishdan oldin Bernie Ecclestone Vissettdagi boshlangʻich maktabda oʻqigan.

Boshqa mashgʻulotlari

1996-yilda Ecclestone International Sportsworld Communicators FIA bilan 18 ta chempionat translyatsiya huquqi uchun 14 yillik shartnoma imzoladi. 1999-yilda Yevropa Komissiyasi FIA, ISC va FOA ni hukmronlik mavqeini suiisteʼmol qilish va raqobatni cheklash boʻyicha tekshirdi. Natijada, 2000-yil boshida ISC va FIA huquqlar qisqartirish boʻyicha yangi kelishuvga erishdilar. 2000-yil aprel oyida Ekklstoun ISC ni Devid Richards boshchiligidagi guruhga sotdi.

Shaxsiy hayoti

Forbes jurnali 2021-yildagi milliarderlari roʻyxatida Ecclestonening boyligini 3,5 milliard dollarga baholagan. 2021-yil holatiga koʻra, The Sunday Times Rich List uni Buyuk Britaniyadagi 65-eng boy odam sifatida elon qiladi, uning boyligi 2,5 milliard funt sterlingga baholagan.

2004-yil boshida u Londondagi Kensington saroy bogʻidagi rezidensiyasini hind poʻlat magnati Lakshmi Mittalga 57,1 million funt sterlingga sotadi. Gran-pri oʻtkaziladigan joylarda Ecclestone oʻzining bosh qarorgohi sifatida „Berni avtobusi“ deb nomlanuvchi kulrang mobil uydan foydalangan. 2005-yilda Ecclestone oʻzining 9 million funtlik Va Bene yaxtasini doʻsti Erik Klaptonga sotadi.

 
Ecclestone Bahrayn qiroli Hamad ibn Iso al-Xalifa va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Sochidagi Formula 1 poygasi tribunalarida. 2014-yil 12- oktyabr

Mukofot va unvonlar

  • 2000-yil Avstriya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun oltin medali
  • 2006-yil Sent-Karl ordeni qoʻmondoni, Monako
  • 2008-yil Imperial kolleji faxriy doktori

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, bernie ecclestone haqida ma’lumot. bernie ecclestone nima? bernie ecclestone nimani anglatadi?

Yuqori