Bayzaq tumani — Jambul viloyatining janubiy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 4,500 km2. Aholisi 94,7 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 21 kishidan toʻgʻri keladi (2014). Tuman markazi — Sarikemer qishlogʻi.
| tuman | |
|---|---|
| Tarkibida | Jambul viloyati |
| Maʼmuriy markazi | Sarikemer |
| Asos solingan sanasi | 14-fevral 1938-yil |
| Aholi (2014) | 94,755 (2014) |
| Zichligi | 21 kishi./km² |
| Millatlar tarkibi | Qozoqlar - 84,5% Turklar - 8,6% Ruslar - 2,4% Kurdlar - 1,0% boshqalar -3,5% |
| Dinlar tarkibi | musulmonlar, Xristianlar |
| Maydoni | 4 500 km² |
| Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
| Telefon kodi | +7 72637 xxxxx |
| Pochta indeksi | 0801xx |
| Avtomobil raqami kodi | H, 08 |
| Xaritada | |
![]() | |
| 43°0′48″N 71°30′36″E / 43.01333°N 71.51000°E | |
Aholisi
2014-yilgi statistika boʻyicha tuman aholisi 94,7 ming kishini tashkil qildi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 21 kishidan toʻgʻri keladi (2014).
Miliiy tarkibi
Tuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi, tuman aholisining yarmidan ziyodini qozoqlar tashkil qiladi. Bayzaq tumanining milliy tarkibi quyidagicha (2014):
- qozoqlar - 80,098 kishi
- turklar - 8,144 kishi
- ruslar - 2,305 kishi
- kurdlar - 1,016 kishi
- ozarbayjonlar - 674 kishi
- oʻzbeklar - 533 kishi
- qirgʻizlar - 317 kishi
- boshqalar - 1668 kishi
Tarix
1938-yil 14-fevralda Sverdlov nomi bilan tashkil topdi. 1995-yilda tuman nomi Bayzaqqa oʻzgartirildi.
Iqlimi
Iqlimi keskin kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –6°С –9°С, iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 23°С-26°С. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 150–300 mm.
Ijtimoiy soha
Bayzaq tumanida umumiy bilim beruvchi 43 ta maktab, 3 ta bolalar bogʻchasi, 16 ta madaniyat uylari va klublar, 20 ta kutubxona, stadion, 2 ta kasalxona, shifoxona va boshqalar faoliyat yuritmoqda.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, bayzaq tumani haqida ma’lumot. bayzaq tumani nima? bayzaq tumani nimani anglatadi?
