Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Alp burmalanishi — asosan kaynozoydagi tektogenez erasi; geosinklinal vujudga kelib, mezozoy va paleogenda rivojlangan. Alp burmalanishi natijasida geosiiklinal

Alp burmalanishi

Alp burmalanishi — asosan kaynozoydagi tektogenez erasi; geosinklinal vujudga kelib, mezozoy va paleogenda rivojlangan. Alp burmalanishi natijasida geosiiklinallar burmali togʻlarga aylangan. Oʻsha vaqtda Alp burmali togʻlari (Alp burmalanishi nomi shundan) va Alp geosinklinal (burmali) va boshqa tuzilishlar shakllandi. Alp burmalanishi Oʻrta dengiz va Tinch okean mintaqalariga ajratilgan. Oʻrta dengiz mintaqasiga Apennin, Alp, Karpat, Qrim togʻlari, Katta Kavkaz, Pomir, Himolay va boshqa kiradi; Tinch okean mintaqasiga Kordilera, And, Kamchatka, Kuril, Yaponiya, Filippin orollaridagi togʻlar va boshqa kiradi. Alp burmalanishi dagi togʻlar yosh, ular kam yemirilgan, shuning uchun ham yer yuzasidagi eng baland togʻlar hisoblanadi. Alp burmalanishi shuningdek tokembriy, paleozoy va mezozoyda koʻtarilgan togʻlarga ham taʼsir qilgan. Bu mintaqalarda vulkanizm va seysmik harakatlar kuchliligidan Alp burmalanishining ayrim tuzilishlari hali ham rivojlanishda.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, alp burmalanishi haqida ma’lumot. alp burmalanishi nima? alp burmalanishi nimani anglatadi?

Yuqori