Postindustrial jamiyat -rivojlangan mamlakatlarda 20-asrning 2yarmidan ijtimoiy taraq-qiyotda vujudga kela boshlagan yangi bosqich. Termin oʻtgan asrning 70-yillaridan ishlatila boshlandi; boshqa nazariyalarda — texnotron jamiyat (Z.Bjezinskiy), axborot jamiyati, postkapitalistik jamiyat deb ataladi. Postindustrial jamiyatda xizmat sohalarining ahamiyati ortadi, fan va taʼlim (untlar) asosiy oʻrinni egallaydi; ijtimoiy tizimda yetakchilik mavqei olimlar va kasb mutaxasisslariga oʻtadi; nazariy bilim yangiliklar ki-ritish va siyosatni shakllantirish manbai boʻlib xizmat qiladi; axborot olish, tarqatish va undan foydalanish jamiyat faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, postindustrial jamiyat haqida ma’lumot. postindustrial jamiyat nima? postindustrial jamiyat nimani anglatadi?