Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Adylbek Aleshovich Qosimaliyev (qirgʻizcha: Адылбек Алешович Касымалиев; 1960-yil 1-dekabrda, Issiqkoʻl viloyati, Tup tumani, Dolon qishlogʻida tugʻilgan) – qir

Adilbek Kasimaliyev

Adylbek Aleshovich Qosimaliyev (qirgʻizcha: Адылбек Алешович Касымалиев; 1960-yil 1-dekabrda, Issiqkoʻl viloyati, Tup tumani, Dolon qishlogʻida tugʻilgan) – qirgʻizistonlik davlat va siyosat arbobi. 2024-yil 16-dekabrdan 18-dekabrgacha Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi vazifasini bajaruvchi lavozimda ishlagan. 2024-yil 18-dekabrdan boshlab ushbu lavozimga toʻliq tayinlangan.

Adilbek Kasimaliyev
qirgʻizcha: Адылбек Алешович Касымалиев
 3- Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi ​​— Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari
 
Mansab davri
2024-yil 18-dekabrdan
(v. b. 16 – 18 dekabrya 2024)
Prezident Sadir Japarov
Oʻtmishdoshi Aqilbek Japarov
 Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari
 
Mansab davri
2022-yil 17-iyundan – 2024-yil 16-dekabrgacha
(v. b. 2022-yil 15—17-iyun)
Hukumat boshligʻi Aqilbek Japarov
Oʻtmishdoshi Arzibek Kojoshev
Vorisi Daniyar Amangeldiyev
 Qirgʻiziston Respublikasi moliya vaziri
 
Mansab davri
2015-yil 2-maydan – 2018-yil 6-dekabrgacha
Hukumat boshligʻi Temir Sariyev
Soʻronboy Jeenbekov
Sapar Isoqov
Muhammadqaliy Abulgʻoziyev
Oʻtmishdoshi Olga Lavrova
Vorisi Baqtigul Jeenbayeva
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-dekabr 1960-yil (1960-12-01) (65 yosh)
Dolon qishlogʻi, Tup tumani, Issiqkoʻl viloyati, Qirgʻiziston SSR

Biografiya

1960-yil 1-dekabrda Issiqkoʻl viloyati, Tup tumani, Dolon qishlogʻida tugʻilgan.

1984-yilda Leningrad moliya-iqtisodiyot institutini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

1984—1988-yillarda – Qirgʻiziston SSR Davlat reja qoʻmitasining Iqtisodiyot va rejalashtirishning iqtisodiy-matematik usullari ilmiy-tadqiqot institutida kichik ilmiy xodim.

1988—1990-yillarda – yoʻl-qurilish batalonining moliyaviy xizmati boshligʻi.

1990—1993-yillarda – Bishkekning Oktyabr tumani boʻyicha Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻining oʻrinbosari.

1993—1994-yillarda – Bishkek shahrining Oktyabr tumani boʻyicha Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari.

1994—1995-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat soliq inspektsiyasi boʻlimi boshligʻi.

1995—1996-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat soliq inspektsiyasining 2-sonli boʻlim boshligʻi, tashqi nazorat boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari.

1996—1997-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi Moliya vazirligining soliq siyosati va daromadlarni prognozlash boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.

1997—1998-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi Moliya vazirligining soliq siyosati va qonunchilik standartlari boshqarmasi boshligʻi.

1998—2000-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi Moliya vazirligining soliq siyosati va daromadlarni prognozlash boshqarmasi boshligʻi.

2000—2001-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi Moliya vazirligining soliq va bojxona siyosati boshqarmasi boshligʻi.

2001—2002-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi Moliya vazirligi fiskal siyosat boshqarmasi boshligʻi.

2002-yilda – Qirgʻiziston Respublikasi Ijtimoiy jamgʻarmasi raisining oʻrinbosari.

2003—2005-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Daromadlar qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari.

2005—2007-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi hukumati huzuridagi Davlat soliq inspektsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari.

2007—2009-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi soliqlar va yigʻimlar davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari.

2009—2010-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi hukumati huzuridagi Davlat soliq xizmati raisining oʻrinbosari.

2010—2011-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi hukumati huzuridagi Davlat soliq xizmati raisi.

2011—2012-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi Iqtisodiy tartibga solish vazirligida vazir oʻrinbosari.

2012—2015-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida vazir oʻrinbosari.

2015—2018-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi moliya vaziri.

2019—2020-yillarda – „Hududlarni rivojlantirish ijtimoiy sheriklik jamgʻarmasi“ jamoat fondi direktori.

2020—2021-yillarda – „Hududlarni rivojlantirish ijtimoiy sheriklik jamgʻarmasi“ jamoat fondi raisi.

2021—2022-yillarda – Vengriya—Qirgʻiziston taraqqiyot jamgʻarmasi boshqaruvi aʼzosi.

2021-yil 14-maydan 2022-yilgacha – Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari.

2022-yil 15-iyundan – Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi.

2022-yil 17-iyundan 2024-yil 16-dekabrgacha – Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari.

2024-yil 16-dekabrdan – Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi vazifasini bajaruvchi – Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari.

2024-yil 18-dekabrdan – Qirgʻiziston Respublikasi Bosh vaziri.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, adilbek kasimaliyev haqida ma’lumot. adilbek kasimaliyev nima? adilbek kasimaliyev nimani anglatadi?

Yuqori