Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Shohruxbiy (Shohrux, Shohruxxon; taxminan 1680 yoki 1681—1721) Oʻrta Osiyoning Fargʻona vodiysida (hozirgi Qo‘qon shahri markaz)keyinchalik Qoʻqon xonligi deb a

Shohruxbiy

Shohruxbiy (Shohrux, Shohruxxon; taxminan 1680 yoki 1681—1721) Oʻrta Osiyoning Fargʻona vodiysida (hozirgi Qo‘qon shahri markaz)keyinchalik Qoʻqon xonligi deb ataluvchi davlatning asoschisi (1709—1721). Oʻzbeklarning Ming sulolasiga o‘zbeklar urug‘i mansub boʻlgan. 1709-yilda xonlikni Buxoro amirligidan mustaqil deb eʼlon qiladi va umrining oxirigacha Qoʻqon xonligida hukmronlik qiladi va U Qo‘qonni davlatning poytaxti deb e’lon qildi va u yerda Qo‘qon arkini (qal’a) barpo ettirdi. Bu ark keyinchalik boshqa xonlar davrida kengaytirildi.. Vafotidan soʻng uning oʻrniga xonlikni toʻngʻich oʻgʻli Abdurahimbiy boshqaradi.

Шахрух-бий
oʻzbekcha: Shohruxbiy
forscha: شاهرخ بی
Qoʻqon biyi
Mansab davri
1709 – 1721
Oʻtmishdoshi Lavozim taʼsis etilggan
Vorisi Abdurahimbiy
(1721—1734)
Toj kiydirish marosimi 1709, Tepaqoʻrgʻon
 Otaliq
Monarx Ubaydullaxon II
Vorisi Lavozim bekor qilingan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1680
Fargʻona vodiysi
Buxoro xonligi
Vafoti 1721
Tepaqoʻrgʻon
Qoʻqon xonligi
Millati Minglar
Bolalari Abdurahimbiy
Abdulkarimbiy
Шады-бий
Otasi Ashurbiy
Dini Islom Sunniy

Hayoti

Hokimiyat tepasiga kelishi

Shohruxbiyning hokimiyat tepasiga kelishi toʻgʻrisida turli maʼlumotlar mavjud. Henry Hoyle Howorthning 1880-yillarda yozib qoldirgan maʼlumotlariga koʻra Shohruxbiy qaynotasini oʻldirib, hokimiyatni qoʻlga oladi va u hukmronlik qilib kelayotgan hududlarni kengaytirishga harakat qiladi va shu davrda Qoʻqon xonligiga asos soladi.

Boshqa bir malumotlarga koʻra esa 1709-yilda Ming sulolasi vakillari alohida beklik tuzib olgan din peshvolarini hukumatdan agʻdaradilar va oʻzlari uchun Fargʻona vodiysida yangi hokimiyat oʻrnatadilar. Ayni oʻzlarining qabilasidan boʻlmish harbiy qobiliyatga ega va jismonan kuchli shaxs — Shohruxbiyni esa ushbu davlatga hukmdor etib tayinlaydilar. Shu tariqa Oʻrta Osiyoning Fargʻona vodiysi hududida keyinchalik Qoʻqon xonligi deb yuritiladigan yangi davlat vujudga keladi.

Shohruxbiy oʻz odamlariga oʻrda va qoʻrgʻon uchun qulay joy tanlashga farmon beradi. Uning odamlari „Koʻk toʻnliklar“ deb ataladigan qabila istiqomat qiluvchi ikki soy oraligʻida joylashgan hududni qulay joy deb hisoblaydilar va shu yerda ark, keyinchalik esa uning atrofda saroy va binolar qura boshlaydilar. Qurilish ishlari nihoyasiga yetkandan keyin esa Shohruxbiyni taxtga oʻtqazadilar (1709).

„Oltin beshik“ afsonasi

Qadimdan maʼlumki, mamlakat taxtiga oʻtirish va unga hukmronlik qilish uchun Chingiz yoki Afrosiyob avlodidan boʻlish zarur boʻlgan. Shohruxbiy esa Chingiz avlodidan ham, Afrosiyob avlodidan ham boʻlmaganligi uchun saroy kishilari tomonidan „Oltin beshik“ afsonasi toʻqib chiqariladi. Ushbu afsonaga koʻra, Kobul tomon yoʻlga otlangan Zahiriddin Muhammad Bobur Fargʻona vodiysida tugʻilgan chaqalogʻini oltin beshikka soladi va uni oʻsha yerda qoldirib ketadi. Keyinchalik oʻzbek qabilalari vodiydan beshikni topib oladilar va bolani voyga yetkazadilar. Beshikdagi bola voyaga yetgach, undan Sulton elik nomli bola, Sulton elikdan esa Xudoyor, Muhammad Amin, Abulqosim, Shohmastbiy (Ejmosbiy), Hojibiy, Ashurbiy, so‘ng Shohruxbiylar dunyoga keladi.

Shohruhbiy hukmronlik qilgan davlat tarkibiga dastlabki yillari poytaxt shahar Qoʻqondan tashqari, Namangan, Marg'ilon, Konibodom va Isfara shaharlari ham kirgan.

Shohruxbiyning urushlari

Buxoro xonligiga qarshi harakatlar

17-asr oxiri — 18-asr boshlarida Farg‘ona vodiysi Buxoro xonligi tarkibida edi. Ammo bu davrda Buxoro ichki nizolar bilan band bo‘lib, markaziy hokimiyat zaiflashgan.Shohruxbiy bu siyosiy bo‘shliqdan foydalangan holda Farg‘onada mustaqil hokimiyat o‘rnatish uchun kurash olib bordi.U dastlab mahalliy zodagonlarni o‘z tarafiga og‘dirib, Buxoro hokimlarini hududdan siqib chiqardi.1709-yilda rasman Buxoro hukmronligidan ajralib chiqqanini e’lon qildi va Qo‘qon xonligini tashkil etdi.

Vafoti

Shohruhbiy 12 yil davomida hokimiyat tepasida turib, 13-yili, yaʼni 1721-yilda vafot etadi.

Undan Abdurahimbiy, Abdukarimbiy va Shodibiy ismli uch nafar oʻgʻil qoladi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, shohruxbiy haqida ma’lumot. shohruxbiy nima? shohruxbiy nimani anglatadi?

Yuqori