Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Turkiy ellar Turkiy tillarda soʻzlashuvchi, shimoliy va markaziy Yevroosiyoda yashovchi xalqlar guruhidir. Bu xalqlar u yoki bu darajada umumiylashgan madaniyat

Turkiy xalqlar

Turkiy ellar Turkiy tillarda soʻzlashuvchi, shimoliy va markaziy Yevroosiyoda yashovchi xalqlar guruhidir. Bu xalqlar u yoki bu darajada umumiylashgan madaniyat va anʼanalarga ega. Turkiy xalqlar tayinli bir irqqa tegishli emas, ularni bogʻlovchi unsur asosan etnogenezlarida joy olgan Turk urugʻlari va tillaridir.

xarita

Mamlakatlar

Davlat Aholisi ichida Turkiy xalqlar soni
Dunyo Boʻyicha 300+ million
  Turkiya 70.000.000
  Oʻzbekiston 37.100.000
  Eron 20-30 million
  Xitoy 15-30 million
  Rossiya 15.000.000
  Qozogʻiston 19 967 964
  Ozarbayjon 10,353,296
  Turkmaniston 6.800.000
  Yevropa Ittifoqi Yevropa Ittifoqi 7.000.000
  Qirgʻiziston 6.975.000
  Afgʻoniston 5.500.000
  Iroq 3.000.000
  Tojikiston 1.500.000
  AQSh 1.000.000+
  Ukraina 400.000
  Moldova 200.000
  Mongoliya 150.000
  Avstraliya 100.000
  Birlashgan Qirollik 50.000
  Kanada 100.000
  Argentina 1.000
Turkiylar Dini Asosan Islom, qolganlar Tangrichilik, xristian, buddist, Shomonlik, lamaizm va boshqa dinlarga eʼtiqod qiluvchilardir.

Tarixi

Turk, turkiylar — jahondagi turkiy tillardada soʻzlashuvchi xalqlarga nisbatan ishlatiladigan nom. Turk soʻzi baquvvat, barkamol, odillik kabi maʼnolarni anglatadi, degan fikrlar mavjud. Qadimgi turklar genetik va fenotipik jihatdan Sharqiy osiyoliklar va sibirliklar bilan chambarchas bog'liq edi. Turkiy xalqlar mo'g'ullar va koreyslar bilan alohida yaqin munosabatda bo'lishi mumkin.

 
Genetik, arxeologik va lingvistik dalillar ilk turkiy xalqlarni shimoli-Sharqiy Osiyo Tarik-agriculturalists bilan bog'laydi, keyinchalik ko'chmanchi turmush tarzini qabul qilgan va Sharqiy Mo'g'ulistondan g'arbga tomon kengaygan.

Bir necha ming yilliklar davomida turkiy qabilalar koʻp marta birlashgan va parchalanganligi tufayli ularning qabilaviy tarkibi oʻzgarib turgan.

Mil. av 2-asrdan — mil. 3-asrgacha boʻlgan davrda turklar Hun xoqonligi tarkibida boʻlgani sababli Xitoy manbalarida shyunnu, hunnu deb ham atalgan. Mazkur xoqonlik yemirilgandan keyingi 300 yilga yaqin davr davomida xitoylar turklarni tiyekle (zamonaviy tilda tele) deb atashgan.

6-asrda turklarda boʻlgan Ashina avlodi kuchayib, Turk xoqonligi barpo etgan. Xitoy manbalariga koʻra, 9-asrda tilga olinadigan turk qabilalari 58 ta nom bilan ajratilgan. Shulardan 22 tasi uygʻur (ittifoqchilar) deb nomlangan. Uygʻur xoqonligi tugatilganidan soʻng bularning katta bir qismi Turkiston hududida joylashgan (qarang Turk). Turkiya olimlari asarlarida turk qabilasi koʻkturk deb xam ataladi. Tadqiqotlarga koʻra, koʻkturk soʻzi tangriga, yaʼni osmonga ishongan turklar, balandlik turklari, koʻk boʻri totemi boʻlgan turklar kabi maʼnolarni anglatgan. Markaziy Osiyoda turk toponim, etnonim, gidronim sifatida koʻplab uchraydi.

Hozirgi davr

Turkiy aholi soni taxminan 200-250 million nafarga yetgan. Shulardan 70 millioni Turkiya turklaridir. Hozirda oltita mustaqil turkiy davlat mavjud:

Yana qarang

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, turkiy xalqlar haqida ma’lumot. turkiy xalqlar nima? turkiy xalqlar nimani anglatadi?

Yuqori