Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Jules Gabriel Verne (talaffuzi: Jul Gabriyel Vern; 8-fevral 1828 — 24-mart 1905) Fransiyalik yozuvchi, ilmiy fantastika janri asoschilaridan biri. Uning eng mas

Jules Verne

Jules Gabriel Verne (talaffuzi: Jul Gabriyel Vern; 8-fevral 1828 — 24-mart 1905) Fransiyalik yozuvchi, ilmiy fantastika janri asoschilaridan biri. Uning eng mashhur asarlari sirasiga Suv ostida 80000 kilometr (1870), Yer markaziga sayohat (1864), Dunyo boʻylab sakson kun (1873) romanlari kiradi. U 66 ta sarguzasht romanlar muallifidir. Birinchi asari esa „Havo sharida besh hafta“ deb nomlanadi. Uning koʻpgina mashhur asarlari, jumladan, „Oʻn besh yoshli kapitan“, "Kapitan Grant bolalari", „Klodius Bombarnak“, „Robinzonlar maktabi“, „Muzlar iskanjasida“, "Ostin Ustun", "Antifer tog'aning ajoyib va g'aroyib sarguzashtlari", "Sirli orol", "Suv ostida 80000 kilometr" kabilar oʻzbek tiliga oʻgirilgan. Verne koinot, havo va suvosti sayohatlari haqida ular amalda qoʻllanmasidan avval yozgan. Kitoblari koʻplab tillarga tarjima qilingan, ayrimlari ekranlashtirilgan. Verne Hugo Gernsback va H.G. Wells bilan birga „Ilmiy fantastika otasi“, deb hisoblanadi.

Jules Gabriel Verne
Tavalludi 8-fevral 1828-yil
Nantes, Bretan
Vafoti 24-mart 1905-yil(1905-03-24)
(77 yoshda)
Amiens, Fransiya
Fuqaroligi Fransiya
Otasi Pierre Verne
Onasi Sophie Allotte de La Fuye
“Dunyoning oxiridagi mayoq” Vern adabiy sahnasining eng yaxshi romanlaridan biri hisoblanadi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, jules verne haqida ma’lumot. jules verne nima? jules verne nimani anglatadi?

Yuqori