Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Robert Hooke (talaffuzi: Robert Huk; 1635-yil 18-iyul, Uayt oroli — 1703-yil 3-mart, London) — ingliz tabiatshunos olimi, konstruktori, ixtirochisi. Hooke havo

Robert Hooke

Robert Hooke (talaffuzi: Robert Huk; 1635-yil 18-iyul, Uayt oroli — 1703-yil 3-mart, London) — ingliz tabiatshunos olimi, konstruktori, ixtirochisi. Hooke havo nasosi va burama barometr ixtiro qilgan, mikroskop, koʻzguli teleskop, shamol kuchini oʻlchaydigan va b. asboblarni takomillashtirgan. Oʻsimlik va hayvon toʻqimasining hujayralardan tuzilganligini tekshirgan („hujayra“ soʻzini fanga Hooke kiritgan). Hooke Gyuygens bilan birga termometrning doimiy nuqtalari: muzning erish nuqtasi va suvning qaynash nuqtasini aniqlagan. Elastik jismlarga qoʻyilgan kuch bilan uning deformatsiyasi orasidagi bogʻlanish qonunini kashf etgan (qarang Hooke qonuni). Hooke osmon jismlari bir-biriga tortiladi, degan fikrni ilgari surgan, tortishish kuchlari masofa kvadratiga teskari mutanosib ekanligi, sayyoralar elliptik orbitalar boʻyicha harakatlanishini aniqlagan. Yorugʻlikning toʻlqin tabiati haqidagi nazariyani quvvatlagan.

Robert Hooke
Tavalludi 18 (28) iyul 1635
Vafoti 3 (14) mart 1703
Fuqaroligi Kingdom of England
Otasi John Hooke
Onasi Cecily Gyle

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, robert hooke haqida ma’lumot. robert hooke nima? robert hooke nimani anglatadi?

Yuqori