Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Amu-qorakoʻl kanali — Buxoro viloyatidagi kanal. Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida Yumalandi qirlari etagidan boshlanadi. 1963-yilda qurilgan. Uzunligi 55 km. Suv o

Amu-Qorakoʻl kanali

Amu-qorakoʻl kanali — Buxoro viloyatidagi kanal. Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida Yumalandi qirlari etagidan boshlanadi. 1963-yilda qurilgan. Uzunligi 55 km. Suv oʻtkazish imkoniyati 48 m³/s. Buxoro viloyatining Olot, Qorakoʻl tumanlaridagi 50 ming ga yaqin yerni sugʻoradi. Suv daryodan maxsus qazilgan 2,8 km uzunlikdagi kanal orqali bosh rostlagich qurilgan joyga oqib keladi va nasos stansiyalari bilan koʻtarib beriladi. Kanal bosh rostlagichdan Olot nasos stansiyasigacha (36 km masofada) tubining eni 5-6 m boʻlgan qadimgi daryo oʻzanidan oʻtadi, Olot shahrini kesib oʻtib, choʻlning qumli barxanlari orasidan davom etadi. Olot nasos stansiyasida suv 8,2 m. balandlikka koʻtarib beriladi. Amu-Qorakoʻl kanali Qorakoʻl nasos stansiyasi bilan tugaydi (unga suv keladigan 16,2 km uzunlikdagi kanal sugʻoriladigan hududdan oʻtadi).

Yana qarang

  • Bosh qorakoʻl kollektori

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, amu-qorakoʻl kanali haqida ma’lumot. amu-qorakoʻl kanali nima? amu-qorakoʻl kanali nimani anglatadi?

Yuqori