Yoriqtishlilar (Solenodontidae) — tuban hasharotxoʻrlar oilasi. Yuqori va oʻrta oligotsendan maʼlum. Oyoqlari beshbarmoqli, old oyoklari bilan tovonda, orqa oyoklari bilan barmoqda yuradi. Qoʻltigʻi va chovlari ostida kuchli hidli suyuklik ajratadigan bezlari boʻladi. Zaharli soʻlak ajratadigan jagʻ osti bezining yoʻli ikkinchi kurak tishi asosiga ochiladi. Bu tishning old yuzasida tarnovchasi (yorigʻi) boʻladi (nomi shundan olingan). Uzunligi 28—32 sm, dumi 17,5—25,5 sm, 1 urugʻ 2 turi: gaiti yoriqtishi (Solenodon paradous) va kuba yoriqtishi (S. cubanus) Gaiti va Kuba o.da tarqalgan. Oʻrmon va butali chakalakzorlarda yashaydi. Har yili 3 tadan bolalaydi. Ikkala tur ham Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, yoriqtishlilar haqida ma’lumot. yoriqtishlilar nima? yoriqtishlilar nimani anglatadi?