Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Nishon choʻli - Qashqadaryo viloyatining jan.-gʻarbiy qismida (Qarshi choʻlining jan.da)gi choʻl. Yer yuzasi tekislik va qirlar (Qoraqir, balandligi 500 m gacha

Nishon choʻli

Nishon choʻli - Qashqadaryo viloyatining jan.-gʻarbiy qismida (Qarshi choʻlining jan.da)gi choʻl. Yer yuzasi tekislik va qirlar (Qoraqir, balandligi 500 m gacha, Doʻltalitogʻ, balandligi 510 m gacha, Alouddintogʻ, balandligi 485 m gacha) dan iborat. Qirlar vaqtincha suv oquvchi soy va jarliklar bilan parchalangan. Qoraqirning soy va jarlar bilan zich va chuqur kesilgan sharqiy qismi "Sakson-dara" deb ataladi. Tekislik qismida taqirlar ham uchraydi. Choʻlning tekislik qismi toʻrtlamchi davr, qirlar esa boʻr va paleogen davrlari togʻ jinslaridan tuzilgan. Iqlimi keskin kontinental.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, nishon choʻli haqida ma’lumot. nishon choʻli nima? nishon choʻli nimani anglatadi?

Yuqori