Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Toshkent viloyatining Pskent tumanida tug‘ilgan. Toshkent to‘qimachilik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1969 yilda Toshkent to‘qimachilik kombinatida

Shahlo Mahmudova

Shahlo Nasimovna Mahmudova — 1991-1992-yillarda faoliyat yuritgan Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri.

Shahlo Nasimovna Mahmudova
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
1991-yil 16-sentabrdan – 1992-yil 6-noyabr
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Sarvar Azimov
Vorisi Ubaydulla Abdurazzoqov

Toshkent viloyatining Pskent tumanida tug‘ilgan. Toshkent to‘qimachilik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1969 yilda Toshkent to‘qimachilik kombinatida boshlagan.

1972 yilda komsomol-partiya ishlarida faoliyat yurita boshlagan. Dastlab Toshkent shahri Frunze rayoni komsomol tashkilotining birinchi kotibi, so‘ngra O‘zbekiston LKSM kotibi, Kirov rayon partiya qo‘mitasining birinchi kotibi, KPSS MQ mas’ul tashkilotchisi, Toshkent viloyat partiya qo‘mitasining ikkinchi kotibi lavozimlarini egallagan.

1991 yilning 16 sentyabrida mustaqil O‘zbekistonning birinchi tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan. 1992 yilda iste’foga chiqqanidan so‘ng, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i lavozimida, shuningdek, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ishlagan.

1990 yilda XII chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Soveti deputati etib saylangan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, shahlo mahmudova haqida ma’lumot. shahlo mahmudova nima? shahlo mahmudova nimani anglatadi?

Yuqori