Britaniya Kameruni (inglizcha: British Cameroons) — Gʻarbiy Afrikadagi Britaniya mandati, hozirda Nigeriya va Kamerun oʻrtasida boʻlingan.
| Britaniya Kameruni inglizcha: British Cameroons Buyuk Britaniya mandati | |||||||||
| |||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||||
| Madhiya God Save the King (1916–1952) God Save the Queen (1952–1961) | |||||||||
| |||||||||
| Poytaxti | Buea | ||||||||
| Til(lar)i | Ingliz tili (rasmiy) Duala, oroko, grassfilds, fula, kanuri keng tarqalgan | ||||||||
| Dini | Xristianlik (janubiy hudud) Islom (shimoliy hudud) | ||||||||
| Pul birligi | Britaniya Gʻarbiy Afrikasi funti | ||||||||
| Tarixiy era | Birinchi jahon urushi | ||||||||
| Maydoni | 89,526 km² | ||||||||
| Komissar | |||||||||
| - 1916–1917 | Kennet Elfinstoun | ||||||||
| - 1956–1961 | Jon Osbaldiston | ||||||||
| Tarix | |||||||||
| - 1916-yil 20-iyul | Kamerunning boʻlinishi | ||||||||
| - 1961-yil 1-oktyabr | Nigeriya va Kamerunga integratsiya | ||||||||
Tarixi
Zamonaviy Kamerun hududi “Afrika uchun kurash” davrida Germaniya protektorati deb e’lon qilingan. Birinchi jahon urushi chog‘ida ingliz, fransuz va belgiya qo‘shinlari tomonidan bosib olindi va 1922-yilda Millatlar ligasi qaroriga muvofiq Buyuk Britaniya hamda Fransiya mandati ostiga o‘tkazildi. Britaniya qismi Nigeriya va Kamerun chegaralari tutashgan joy bilan ajratilgan, bir-biriga tutashmagan ikki hududdan iborat edi.
Fransuz Kameruni 1960-yil yanvar oyida mustaqillikka erishdi va Nigeriya oʻsha yili biroz keyinroq mustaqillikka erishdi. Britaniya hududi taqdiri masalasi ko‘tarildi va bir necha muhokamalar hamda 1961-yil fevralida o‘tkazilgan referendumdan so‘ng qaror qabul qilindi. Asosan musulmonlardan iborat shimoliy qismi Nigeriyaga, janubiy qismi esa Kamerunga qo‘shib berildi.
Adabiyotlar
- Engelbert Mveng: Histoire du Cameroun. Présence africaine, Paris 1963
- Victor Julius Ngoh: Cameroun 1884—1985. Cent ans d’histoire. CEPER, Yaoundé 1990
- Mark D. DeLancey, Rebecca Neh Mbuh (Hrsg.): Historical Dictionary of Cameroon (= African Historical Dictionaries. Band 113). 4. Auflage. Scarecrow Press, Lanham 2010, ISBN 978-0-8108-5824-4
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, britaniya kameruni haqida ma’lumot. britaniya kameruni nima? britaniya kameruni nimani anglatadi?

