Abdurahim Isroilovich Ismoilov (1942-yil 24-iyul, Toshkent) — kinooperator. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1982). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1982). Dastlab Oʻzbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar studiyasida, 1970-yildan „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida kinooperator. Eng yaxshi badiiy va hujjatli filmlari: „Chegara shu yerda tugaydi“ (3 qismli), „Oʻzganing baxti“, „Kelin kuzatish“, „Koʻzlarim yoʻlingda“, „Beshinchi raqamli lager“ (5 qismli, Turkiya bilan hamkorlikda), „Ehtiros qurbonlari“, „Kichkina tabib“ va boshqalar. 1983-yildan Toshkent sanʼat institutida pedagog, kafedra mudiri, dotsent. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1979).
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, abdurahim ismoilov haqida ma’lumot. abdurahim ismoilov nima? abdurahim ismoilov nimani anglatadi?