Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Yogʻ bezlari — qushlar, sutemizuvchi hayvonlar va odamlar terisining yogʻ chiqaradigan bezlari. Oddiy alveolalar bezlarga kiradi, yogʻ chiqarish yoʻllari soch x

Yogʻ bezlari

Yogʻ bezlari — qushlar, sutemizuvchi hayvonlar va odamlar terisining yogʻ chiqaradigan bezlari. Oddiy alveolalar bezlarga kiradi, yogʻ chiqarish yoʻllari soch xaltalariga ochiladi. Kuniga qariyb 20 g yogʻ teri sirtiga chiqariladi. Yogʻ bezlarining mahsuli (teri yogʻi) terini yupqa qatlam kabi qoplab, uni qurib qolishdan saqlaydi. Qoʻloyoq kaftida Yog' bezlari mavjud emas. Balogʻatga (voyaga) yetish davrida Yog' bezlari kuchayish jarayoni amalga oshadi.Bunga sabab,balog'at yoshiga yetish davrida jinsiy bezlar funksiyasi ortib terining derma qavatidagi yog' bezlariga ta'sir etadi.Tananing har qaysi qismida teri apelsin po'chog'i singari chiqaruv naylari kengayadi va natijada ko'p yo'g ishlab chiqarilishi tufayli tanada husnbuzarlar va boshda qasmoq(seboreya) yig'ilishi mumkin. Teri sirtida (Epidermis) hosil bo'lgan yog' tarkibida xolestrin efirlari, yog' kislotalar, oqsil, gormonlar va boshqa moddalar mavjud.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, yogʻ bezlari haqida ma’lumot. yogʻ bezlari nima? yogʻ bezlari nimani anglatadi?

Yuqori