Yekaterina I Alekseevna (Marta Skavronskaya) (1684.5.4 — 1727.6.5) rossiya imperatori (1725—27). Litva dehqoni Skavronskiy oilasida tugʻilgan. 1702-yilda Marienburgda rus qoʻshiniga asir tushgan. 1712-yil Pyotr I ga nikohlangan. Pyotr I vafotidan soʻng (1725) dvoryanlar yordamida taxtga oʻtirdi. Yekaterina I davlat ishlari bilan aslda shugʻullanmagan. Uning davrida Oliy maxfiy kengash taʼsis etilib (1726), kengashga A. D. Menshikov boshchilik qilgan. Yekaterina I Pyotrning chet el sayohatlari va harbiy yurishlarida qatnashgan.
| Yekaterina I | |
|---|---|
| Yekaterina I Alekseyevna | |
![]() | |
| Tavalludi | (tugʻilgan paytidagi ismi) 5.04.1684 Derpt, Livoniya |
| Vafoti | 6.5.1727 Sankt-Peterburg |
| Fuqaroligi | Rus qirolligi va Rossiya Imperiyasi |
| Bolalari | Anna Petrovna Yelizaveta Petrova Pyotr Petrovich Natalya Petrovna qolganlari yoshligida vfot etishgan |
| Otasi | Samuil Skavronskiy |
| Onasi | (Anna-)Doroteya Gan |
| Imzosi | |
![]() | |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, yekaterina i haqida ma’lumot. yekaterina i nima? yekaterina i nimani anglatadi?

