- Vikipediyada ismi Poʻlat va familiyasi Qayumov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Po‘lat Qayumovich Qayumov (1919-yil 1-sentyabr — 2018-yil 23-mart) — sovet va o‘zbek davlat arbobi, Farg‘ona va Andijon viloyat ijroiya qo‘mitalari raisi lavozimlarida ishlagan.
| Poʻlat Qayumov | |
|---|---|
| Andijon viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi | |
| Mansab davri 1963-yil yanvar – 1971-yil | |
| Oʻtmishdoshi | Usmon Abduraimov |
| Vorisi | Solijon Mamarasulov |
| Fargʻona viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi | |
| Mansab davri 1962-yil aprel – 1963-yil yanvar | |
| Oʻtmishdoshi | Sobir Kamolov |
| Vorisi | Mirzaolim Ibragimov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1919-yil 1-sentyabr |
| Vafoti | 23-mart 2018-yil (98 yoshda) |
| Siyosiy partiyasi | KPSS |
| Mukofotlari | |
Tarjimai holi
1944-yildan KPSS (b) aʼzosi.
- 1933—1944-yillarda Gʻijduvon tumanida matbaachi, maktab direktori, Oltinkoʻl tumani xalq taʼlimi boʻlimi boshligʻi.
- 1944—1962-yillarda Andijon shahar partiya qo‘mitasi kotibi, Andijon oblono bo‘lim mudiri, Andijon viloyat Kengashi ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston Kompartiyasi Jalaquduq, Moskva tuman komitetlari birinchi kotibi, O‘zbekiston Kommunistik partiyasining Andijon shahar komiteti birinchi kotibi.
- 1962—1963-yillarda Farg‘ona viloyat Kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi,
- 1963—1964-yillarda Andijon viloyat sanoat kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi,
- 1965—1973-yillarda Andijon viloyat Kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi,
- 1973—1982-yillarda Oʻzbekiston SSR kasb-hunar taʼlimi davlat qoʻmitasi raisi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, poʻlat qayumov haqida ma’lumot. poʻlat qayumov nima? poʻlat qayumov nimani anglatadi?