Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Angliya-Amerika urushi (1812-14) — bir tomondan, Angliyaning AQSH savdosi va iqtisodiyotini barbod qilishga intilishi va ikkinchi tomondan, AQShning oʻz yerlari

Angliya-Amerika urushi

Angliya-Amerika urushi (1812-14) — bir tomondan, Angliyaning AQSH savdosi va iqtisodiyotini barbod qilishga intilishi va ikkinchi tomondan, AQShning oʻz yerlarini kengaytirish, Kanadani bosib olish yoʻlidagi intilishlari oqibatida vujudga keldi. 1812-yil 18-iyunda AQSH Angliyaga urush eʼlon qildi. Xalqaro vaziyatning qulay kelganligiga qaramay, AQSH Kanadaga bostirib kira olmadi. AQSH qoʻshinlari Eri koʻli (1813-yil, sentyabr), Shampleyn koʻli (1814-yil, sentyabr) va boshqalarda gʻalaba qozondilar. Biroq, Angliya AQSH qirgʻogʻini qamal qildi va 1814-yil 24-iyulda askar tushirib, Vashingtonni egalladi va koʻp qismiga oʻt qoʻydi (1814-yil, avgust). Urush davomida amerikaliklarning harbiy harakatlari AQShning mustaqillik uchun kurashiga aylanib ketdi. 1814-yil 24-dekabrda Gent shartnomasi imzolandi. Bu shartnoma urushdan oldingi vaziyatni tikladi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, angliya-amerika urushi haqida ma’lumot. angliya-amerika urushi nima? angliya-amerika urushi nimani anglatadi?

Yuqori