Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Oydin Yusupova 1984-yil 15-noyabrda Jizzax viloyatida tavallud topgan. Ularning oilasida jami sakkiz farzand (toʻrt qiz, ikki oʻgʻil) boʻlib, Oydin Yusupova ikk

Oydin Yusupova

Vikipediyada ismi Oydin va familiyasi Yusupova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Oydin Yusupova (15-noyabr 1984-yil, Jizzax viloyati, OʻzSSR) — oʻzbek aktrisasi va xonandasi.

Oydin Yusupova
Tavalludi 15-noyabr 1984-yil (1984-11-15) (41 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSR → Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktrisa, xonanda
Otasi Sharif Yusupov

Hayoti

Oydin Yusupova 1984-yil 15-noyabrda Jizzax viloyatida tavallud topgan. Ularning oilasida jami sakkiz farzand (toʻrt qiz, ikki oʻgʻil) boʻlib, Oydin Yusupova ikkinchi farzand hisoblanadi. Singlisi Shahnoza Yusupova. Oydin Yusupova Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz tili filologiyasi yoʻnalishida tahsil olgan, lekin bu yoʻnalishda faoliyatini davom ettirmasdan sanʼat sohasiga kirib kelgan. U dastlab „Koʻzlaring mayus“ filmida oilasidan yashrincha roʻl oʻynagan va shu roʻli sababli koʻpchillika tanilgan. 2007-yilda „Vijdon“ filmidagi roʻlidan keyingina otasi Sharif Yusupov aktrisa boʻlishiga ruxsat bergan.

2010-yilda tovlamachilikda ayblanib, sud qarori boʻyicha besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Keyinchalik hukm bir yillik shartli jazoga almashtirilgan. 2012-yildan boshlab “Fayruz” guruhi bilan “Afsus” nomli duet aytib, xonandalik faoliyatini ham boshlagan. Undan soʻng „Kel“ nomli qoʻshiq aytgan va unga klip olib, muxlislariga taqdim etgan. Otasi Sharif Yusupovning vafotidan soʻng 2016–2022-yillar oraligʻida filmlarda suratga tushmay qoʻygan. Oydin Yusupova turmushga chiqmagan, lekin sevgan insoni borligini maʼlum qilgan.

Filmografiyasi

Yil Nomi Obraz Izoh
Koʻzlaring mayus
2007 Vijdon Dilfuza rolida
2008 Shabnam Hosiyat roʻlida Bosh rol
2009 Oshiqlar
Ada emas, dada Epizod
2010 Jiyda guli Laylo, Azim Joʻrayevichning qizi roʻlida
2011 Devona farishta Odina Bosh rol
2012 Oqpadar
Afsus Anora Bosh rol
2014 Faryod 2: Merosxoʻr Bosh rol
2015 Toʻqlikka shoʻxlik Malika Aliyeva Bosh rol
Yetti olam
2016 Seni sevdim
2022 Hayot kitobi Serial
2024 День семьи Serial

Diskografiyasi

Yil Nomi Shoir(a) Bastakor Izoh
2012 Afsus “Fayruz” guruhi bilan duet
Kel

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, oydin yusupova haqida ma’lumot. oydin yusupova nima? oydin yusupova nimani anglatadi?

Yuqori