Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

BEKON (Vason) Rodjer (taxminan 1214, Ilchester—1292, Oksford) — oʻrta asr ingliz faylasufi, tabiatshunosi. Xristian aqidalarining hayotdan ajralganligini tanqid

Bekon Rodjer

BEKON (Vason) Rodjer (taxminan 1214, Ilchester—1292, Oksford) — oʻrta asr ingliz faylasufi, tabiatshunosi. Xristian aqidalarining hayotdan ajralganligini tanqid qilib, tabiatni oʻrganishga, optika, mexanika ("amaliy geometriya"), astronomiyani tahlil qilishga chaqirdi. Ilohiyotni dunyoviy fanlardan ajratish tarafdori boʻddi. Tajriba, eksperiment va matematikani barcha fanlar binosining poydevor toshi deb hisobladi. Tajribaga va matematikaga asoslangan bilish uslubini sxolastikdeduktiv uslubga qarshi qoʻydi. U matematikaga, tajriba — ilmiy eksperiment va ichki mistik "ruhlanish" ga katta ahamiyat berdi. B. bir necha ilmiy bashoratlar (teleskop, uchadigan apparat lar) haqida taxmin qildi.

Rodger Bekon statuetkasi

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, bekon rodjer haqida ma’lumot. bekon rodjer nima? bekon rodjer nimani anglatadi?

Yuqori