Bomiyon (dariycha: بامیان Bāmiyān, pushtucha: باميان) — Afgʻonistonning markazida joylashgan viloyat . Gʻarbdan Gur viloyati, shimoli-gʻarbdan Saripul viloyati, shimoldan Samangan viloyati, shimoli-sharqdan Bagʻlon viloyati, sharqdan Parvon viloyati, janubi-sharqdan Vardak viloyati, janubda Daykundi va Gʻazni viloyatlari bilan chegaradosh.
|
| ||
| viloyat | ||
|---|---|---|
| Tarkibida | 7 ta tumanlar | |
| Maʼmuriy markazi | Bomiyon shahri | |
| Gubernator | Habiba Sarabi | |
| Rasmiy tillar | dariy, hazoragi | |
| Aholi | 411 200 (2007) (25-oʻrinda) | |
| Zichligi | 29,01 (23-oʻrinda) kishi./km² | |
| Millatlar tarkibi | Hazoralar, pushtunlar, forsivonlar | |
| Maydoni | 14 175 km² (17-oʻrin) | |
| Vaqt mintaqasi | UTC+4:30 | |
| Kod ISO 3166-2 | AF-BAM | |
| Xaritada | ||
![]() | ||
| 34.45°0′0″N 67.15°0′0″E / 34.45000°N 67.15000°E | ||
Geografiyasi
Bu yerda oʻzining Hindukush togʻ yonbagʻirlaridagi feruza rangli koʻllari va Ajar vodiysidagi qoʻriqxonasi bilan mashhur boʻlgan mamlakatning birinchi milliy parki — Bandi-Amir joylashgan.
Tarixi
Viloyatning asosiy tarixiy yodgorligi Bomiyon Budda haykallari boʻlib, bu oʻlka islom dini tarqalgunga qadar buddaviylik dini markazi boʻlganidan dalolat beradi.
Maʼmuriy tuzilishi
Bomiyon viloyati yettita tumanlarga boʻlinadi
- Bomiyon
- Varas
- Kaxmard
- Panjob
- Saygan
- Shibar
- Yakavlang
Aholisi
Asosiy aholisi — hazoralar. Shuningdek, viloyatda Afgʻonistonning boshqa etnik guruhlari ham istiqomat qiladi.
Aholi punktlari
- Darnosh qishlogʻi
- Dodar qishlogʻi
- Kagor qishlogʻi
- Lagki qishlogʻi
- Payin-Baj qishlogʻi
- Ravi-Sang qishlogʻi
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, bomiyon viloyati haqida ma’lumot. bomiyon viloyati nima? bomiyon viloyati nimani anglatadi?

