| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu sahifani Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomi bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
BMT ustavi — mohiyatiga koʻra zamonaviy xalqaro huquq yutuqlarini oʻzida mujassamlashtirgan benazir hujjat. BMT ustavi "Biz, Birlashgan Millatlar xalqlari, qatʼiyat bilan… " soʻzlari bilan boshlanuvchi muqaddima va 111 moddadan iborat boʻlib, 19 bobni oʻz ichiga oladi. BMT ustavining birlamchi loyihasi 1944-yilning avgust-oktyabr oylarida Dumbarton-Oks (AQSh)da boʻlib oʻtgan konferentsiyada sobiq Sovet Ittifoqi, AQSh, Buyuk Britaniya va Xitoy vakillari tomonidan ishlab chiqildi. „Katta uchlik“ rahbarlari ishtirokidagi Qrim (Yalta) konferentsiyasida (1945-yil, fevral) tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun tinchliksevar kuchlar bilan hamkorlikda universal xalqaro tashkilot yaratish masalasi ham qizgʻin muhokama qilindi. Uch buyuk davlat Sovet ittifoqi, AQSh, Buyuk Britaniya rahbarlari 1945-yil 13-fevralda eʼlon qilingan qoʻshma kommyunikellarida avvalgi kelishuvlarga muvofiq tashkilot Ustavini tayyorlash uchun 1945-yil 25-aprelda San-Fransisko shahrida Birlashgan Millatlar konferensiyasini chaqirish zarurligi taʼkidlandi. Tinchlikni taʼminlashning tub masalalarida ushbu tashkilotning faoliyati buyuk davlatlarning xamfikirligi prinsipi asosida boʻlishi belgilab quyildi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, bmt ustavi haqida ma’lumot. bmt ustavi nima? bmt ustavi nimani anglatadi?