Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Diakritik belgilar (yun. diakritikos — farqlovchi, farqlashga xizmat qiluvchi) — satrlar ustiga yoki ostiga, kamdan-kam hollarda ichiga qoʻyiladigan, harflarga

Diakritik belgilar

Diakritik belgilar (yun. diakritikos — farqlovchi, farqlashga xizmat qiluvchi) — satrlar ustiga yoki ostiga, kamdan-kam hollarda ichiga qoʻyiladigan, harflarga asoslangan yozuvlarda ishlatiladigan belgilar. D. b. ayrim belgi — harf mohiyatini oʻzgartirish yoki uni aniklashga xizmat qiladi. D. b.ning kuyidagi turlari farqlanadi: a) harfga yangicha funksiya yuklaydigan belgilar (mas, oʻzbek kirill alifbosidagi — y, yo, gʻ, q va b., oʻzbek lotin alifbosidagi —oʻ, Ya(q) va b.); b) tovushning variantlarini ifodalovchi belgilar (mas, frans. yo, yo, yo, bular yana maʼno farqlash xususiyatiga ham ega). Ayrim D. b. harfni ajratib oʻqishlikni koʻrsatadi (mas, frans.— I). Prosodik D. b. harf ifodalovchi tovushning choʻziq yoki qisqaligini, urgʻu va uning turlarini, tonni bildiradi (mas, Vyetnam tilida, xitoy tili uchun lotin grafikasi asosidagi baʼzi loyihalarda). D. b. baʼzi transkripsiyalar tizimida va xalqaro alifbolar loyihalarida katta ahamiyatga ega. Ayni bir xil D. b. turli milliy yozuvlarda turlicha funksiyani bajaradi. D. b. eng koʻp uchraydigan tillar — fransuz, polyak, chex, portugal, lotin, litva tillaridir. Turkiy tillarda, xususan, oʻzbek tilida ham D. b. mavjud. D. b. arab yozuvida ham keng qoʻllanadi, bularning ahamiyati ayniqsa turli arab va musulmon mamlakatlarda Qurʼoni Karimni tilovat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi, yaʼni bir xil oʻqilishini taʼminlaydi. Arab alifbosi asosidagi boshqa xalqlar yozuvlari ham bundan mustasno emas (mas, fors, urdu va b. tillarda). D. b. hind yozuv tizimlarida ham uchraydi, bularda dimoqda hosil boʻladigan undoshlarni farqlaydi, shuningdek, choʻziqlik va qisqalikni koʻrsatadi (mas, "i" va "ji). Baʼzi olimlar som (arab, yahudiy) tillarida ham D. b. mavjud deb taʼkidlaydilar, bunda unli tovushlar undoshlar ostiga nuqta va chiziqcha qoʻyish bilan anglashiladi.

Adabiyot

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, diakritik belgilar haqida ma’lumot. diakritik belgilar nima? diakritik belgilar nimani anglatadi?

Yuqori