Shon Parker (1979-yil 3-dekabrda tugʻilgan) – amerikalik tadbirkor va xayriyachi. Napster fayl almashish kompyuter xizmati asoschisi va Facebook ijtimoiy tarmogʻining birinchi prezidenti. Plaxo, Causes, Airtime.com va Brigade onlayn platformalari asoschilaridan biri. Parker Jamgʻarmasining asoschisi va raisi boʻlib, tabiiy fanlar, global sogʻliqni saqlash va fuqarolik ishlariga eʼtibor qaratadi. Forbes jurnalining 2022-yilgi dunyo milliarderlari roʻyxatida 2,8 milliard dollar boyligi bilan 1096-oʻrinni egalladi.
| Sean Parker | |
|---|---|
![]() Parker 2011-yilda | |
| Tavalludi | 3-dekabr 1979-yil Herndon, Virginia |
| Fuqaroligi | AQSh |
| Taʼlimi | Oakton oliy maktabi Chantilly oliy maktabi |
| Kasbi | tadbirkor, sarmoyador |
| Turmush oʻrtogʻi | Alexandra Lenas (turm. 2013) |
| Bolalari | 2 |
| Otasi | Bruce B. Parker |
Biografiyasi
Parker Virjiniya shtati Herndon shahrida televidenie reklama brokeri Dayana Parker va okeanograf olim Bryus Parker oilasida tugʻilgan. Parker yetti yoshga toʻlganda, otasi unga Atari 800 qurilmasida dasturlashni oʻrgatgan. Yoshligida Parkerning sevimli mashgʻulotlari xakerlik va dasturlash edi. „Fortune 500“ kompaniyasi tarmogʻiga buzib kirganida, otasi uning kompyuter klaviaturasini uzib qoʻygan, Parker esa tizimdan chiqa olmagan. Uning IP-manzili fosh boʻlganligi sababli, FQB xodimlari 16 yoshli yigitni qoʻlga olishdi. Parker 18 yoshga toʻlmagani uchun, jamoat ishlariga hukm qilingan.
Filmda
„Ijtimoiy tarmoq“ filmida Sean Parker rolini Justin Timberlake ijro etgan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, sean parker haqida ma’lumot. sean parker nima? sean parker nimani anglatadi?
