Sayfiddin Rafiddinov (Sayfiddin Sayfulloh) — (1958, Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani) adabiyotshunos, Filologiya fanlari nomzodi (1994), Xalqaro „Antik dunyo“ ilmiy akademiyasi faxriy professori (2003).
| Sayfiddin Rafiddinov | |
|---|---|
| Tavalludi | 1958-yil Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani |
| Yoʻnalish | Adabiyotshunoslik |
| Mukofotlari | Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti (1994) |
Faoliyati
Samarqand davlat universitetining oʻzbek va tojik filologiyasi yoʻnalishida (1987), Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida (2001) tahsil olgan. 1987-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ishlashni boshlagan. Saʼdiyning „Guliston“, Sobir Sayqaliyning „Ravzat ush-shuhado“, Soʻfi Ollayorning „Maslak ul-muttaqin“, Atoiyning „Devoni Shahzoda Atoyi“, „Qissai Mashrab“ kitoblarini nashrga tayyorlagan.
Asarlari
„Majoz va haqiqat“ (2005), „Fatvo va taqvo“ (2005), „Buyuklar halqasi“ (2011) kitoblari muallifi.
Mukofotlari
Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti sohibi (1994).
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, sayfiddin rafiddinov haqida ma’lumot. sayfiddin rafiddinov nima? sayfiddin rafiddinov nimani anglatadi?