Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Adrian Mierzejewski (talaffuzi: Adrian Mejevski; 1986-yil 6-noyabrda tugʻilgan) — polshalik professional futbolchi, Xitoy Superligasining Henan Songshan Longmen

Adrian Mierzejewski

Adrian Mierzejewski (talaffuzi: Adrian Mejevski; 1986-yil 6-noyabrda tugʻilgan) — polshalik professional futbolchi, Xitoy Superligasining Henan Songshan Longmen klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Adrian Mierzejewski
Mierzejewski 2011-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Adrian Mierzejewski
Tavallud sanasi 4-noyabr 1986-yil (1986-11-04) (39 yosh)
Tavallud joyi Olsztyn, Polsha
Boʻyi 1.76 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Henan Songshan Longmen
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Tempo 25 Olsztyn
Naki Olsztyn
Stomil Olsztyn
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002—2003 Stomil Olsztyn 3 (0)
2004—2009 Wisła Płock 72 (9)
2006—2007 → Zagłębie Sosnowiec (ijara) 14 (1)
2009—2011 Polonia Warsaw 69 (11)
2011—2014 Trabzonspor 84 (9)
2014—2016 Al Nassr 43 (18)
2016—2017 Al-Sharjah 19 (3)
2017—2018 Sydney FC 25 (13)
2018—2019 Changchun Yatai 19 (3)
2019—2022 Chongqing Lifan 39 (10)
Milliy terma jamoa
2006 Polsha U20 1 (0)
2005—2007 Polsha U21 3 (0)
2010—2013 Polsha 41 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati

Wisła Płock

2004-yilda Mierzejewski Wisła Płock bilan 15 000 zlotiy evaziga besh yillik shartnoma imzoladi. 2004-yil 15-may kuni Dyskobolia Grodzisk Wielkopolskiga qarshi oʻyinning 86-daqiqasida Dariusz Romuzga oʻrniga maydonga tushib Ekstraklasadagi debyutini nishonladi. 2003—2004-yilgi mavsumni uchta liga oʻyinlari bilan yakunladi.

Polonia Warsaw

2008-yil 22-dekabrda Mierzejewski Varshavaning Polonia klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. 2009-yil 27-fevralda Varshavaning „Legia“siga qarshi derbida (0:0) „Polonia“ safida debyut qilgan. Keyingi oʻyinda, 7-mart kuni birinchi golini "Wisła Kraków" ga qarshi safarda (1:2) urdi. Mierzejewski 2008—2009-yilgi mavsumni Polonia bilan barcha musobaqalarda 18 oʻyin va bitta gol bilan yakunladi.

Trabzonspor

 
Mierzejewski 2011-yilda „Trabzonspor“ safida

2011-yilning 16-iyunida Trabzonspor bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. „Trabzonspor“ uning uchun 5,25 million yevro to‘lagan, bu o‘sha paytdagi Ekstraklasa futbolchisi uchun rekord hisoblanadi.

Al Nassr FK

2014-yil 11-iyun kuni Al-Nassr o‘zining Twitter sahifasida Adrian Mierzejewski bilan shartnoma tuzayotganini eʼlon qildi. 2014-yilning 20-iyunida, Mierzejewski Al-Nassr bilan 3,2 million yevro evaziga uch yillik shartnoma imzoladi.

Sydney FK

2017-yilning 12-avgustida Mierzejewski A-Liga chempioni Sydney FK bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

Changchun Yatai

2018-yilning 8-iyulida Mierzejewski Xitoy Superligasi vakili Changchun Yataiga oʻtdi.

Chongqing Lifan

2019-yilning 13-fevralida Mierzejewski Superliganing boshqa jamoasi Chongqing Lifanga oʻtdi.

Xalqaro faoliyati

Mierzejewski Polshaning U18, U19, U20 va U21 terma jamoalarida oʻynagan.

2010-yil 29-mayda Polsha terma jamoasi safida Finlandiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan.

2011-yil 5-iyun kuni Argentina terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida jamoadagi ilk goli urdi. Uchrashuv Polshaning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Faoliyati statistikasi

Klub

23-noyabr, 2022-yil holatiga koʻra
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Stomil Olsztyn 2002—2003 I liga 3 0 0 0 3 0
Wisła Płock 2003—2004 Ekstraklasa 3 0 0 0 3 0
2004—2005 Ekstraklasa 11 1 7 3 18 4
2005—2006 Ekstraklasa 20 1 5 1 2 0 27 2
2006—2007 Ekstraklasa 3 0 0 0 31 0 6 0
2007—2008 I liga 17 2 2 0 19 2
2008—2009 I liga 18 5 2 3 20 8
Jami 72 9 16 7 2 0 3 0 93 16
Zagłębie Sosnowiec (ijara) 2006—2007 I liga 14 1 0 0 14 1
Polonia Warsaw 2008—2009 Ekstraklasa 12 2 4 0 21 1 18 3
2009—2010 Ekstraklasa 30 2 0 0 6 1 36 3
2010—2011 Ekstraklasa 27 7 4 1 31 8
Jami 69 11 8 1 6 1 2 1 85 14
Trabzonspor 2011—2012 Süper Lig 33 0 2 0 8 0 43 0
2012—2013 Süper Lig 21 5 8 8 0 0 29 13
2013—2014 Süper Lig 27 4 1 0 12 3 40 7
Jami 84 9 11 8 20 3 0 0 115 20
Al-Nassr 2014—2015 Saudiya Arabistoni Professional Ligasi 24 8 62 1 6 2 13 0 37 11
2015—2016 Saudiya Arabistoni Professional Ligasi 19 10 54 1 6 1 13 0 31 12
Jami 43 18 11 2 12 3 2 0 68 23
Al-Sharjah 2016—2017 BAA Arabian Guls ligasi 19 3 6 5 25 8
Sydney FC 2017—2018 A-Liga 25 13 3 1 6 1 34 15
Changchun Yatai 2018 Xitoy Superligasi 19 3 0 0 19 3
Chongqing Lifan 2019 Xitoy Superligasi 28 4 0 0 28 4
2020 Xitoy Superligasi 11 6 0 0 11 6
Jami 39 10 0 0 0 0 0 0 39 10
Guangzhou (ijara) 2020 Xitoy Superligasi 6 2 0 0 6 2
Shanghai Shenhua (ijara) 2021 Xitoy Superligasi 16 5 4 0 20 5
Henan Songshan Longmen 2022 Xitoy Superligasi 21 4 0 0 21 4
Jami faoliyati 430 88 59 24 46 8 7 1 542 121

Xalqaro gollar

Ballar va natijalar birinchi navbatda Polshaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2011-yil 5-iyun Polsha armiyasi stadioni, Varshava   Argentina 1 — 0 2—1 Doʻstona
2. 2012-yil 7-sentyabr Podgoritsa shahar stadioni, Podgoritsa   Chernogoriya 2 — 2 2—2 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
3. 2013-yil 10-sentyabr Stadio Olimpiko, Serravalle   San Marino 5 — 1 5—1 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi

Shaxsiy hayoti

2011-yil 11-iyunda Mierzejewski sevgilisi Małgorzataga uylangan.

Yutuqlari

Klub

Al-Nassr
  • Saudiya Arabistoni Professional Ligasi: 2014—2015
Sydney FK
  • A-Liga Premer-ligasi: 2017—2018
  • FFA kubogi: 2017

Individual

  • Saudiya Arabistoni Professional ligasida oyning eng yaxshi futbolchisi: 2014-yil, avgust
  • Mark Viduka medali: 2017
  • A-ligada oyning eng yaxshi futbolchisi: 2017-yil dekabr,. 2018-yil fevral
  • Johnny Warren medali: 2017—2018
  • Aleks Tobin medali: 2017—2018
  • A-liganing mavsum jamoasi: 2017—2018

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, adrian mierzejewski haqida ma’lumot. adrian mierzejewski nima? adrian mierzejewski nimani anglatadi?

Yuqori