Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Mariy tili — fin-ugor tillaridan biri. Rossiya Federatsiyasining Mariy El, Tatariston, Udmurtiston, Boshqirdiston respublikalarida va bir qator Volgaboʻyi viloy

Mariy tili

Mariy tilifin-ugor tillaridan biri. Rossiya Federatsiyasining Mariy El, Tatariston, Udmurtiston, Boshqirdiston respublikalarida va bir qator Volgaboʻyi viloyatlarida tarqalgan, 600 mingdan ortiq kishi soʻzlashadi. Bir qancha: oʻtloqzor (lugovoy), togʻliq (gorniy), sharqiy, shim.-gʻarbiy laxjalari va 2 xil adabiy tili (oʻtloqzor sharqiy va togʻliqmariy) mavjud. Mariy tilining har ikkala adabiy shakli 19-asrdan boshlab rus alifbosi asosidagi yozuvga, oʻz imlo qoidalariga ega. Mariy tili 8-asrdan turkiy tillar, 13-asrdan rus tili taʼsirida rivojlangan boʻlsada, fin-ugor tillariga xos belgilarni saqlab qolgan. Lahjalarida turli xil unlilar juftligi (a—a, o— o va boshqalar), binobarin, singarmonizm kuzatiladi. Otlarda koʻplikni ifodalovchi bir qancha koʻrsatkichlar bor. Feʼllar 2 xil tuslanadi, hozirgi-kelasi va 6 ta oʻtgan zamon shakllariga, istak va buyruq mayllari shakllariga ega. Soʻz yasalishi suffiksatsiya va soʻz koʻshish usullarida amalga oshadi. Mariy tili haqidagi dastlabki maʼlumotlar 18-asrga ta-allukli, dastlabki grammatikasi 1755-yilda yaratilgan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, mariy tili haqida ma’lumot. mariy tili nima? mariy tili nimani anglatadi?

Yuqori