Tolish tili (tolishcha. Tolışə zıvon, Tолышә зывон) — eroniy tillarning shimoli-gʻarbiy guruhiga mansub til. Ozarbayjon janubi va Eron shimolida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 200 ming kishiga yaqin (1979). Asosiy shevalari: lenkoran, astara, lerik, massali. Fonetikasida 7 unli fonema, til oʻrta va til orqa undoshlari oppozitsiyasi (k’k, g’ g) mavjud; morfologiyasida otlar 2 kelishik bilan oʻzgaradi, koʻpchilik feʼllarning hozirgi va oʻtgan zamon shakllari bir xil, feʼllar 8 zamon, 4 mayl va 2 nisbat shakllariga ega. Sintaksisda aniqlovchi aniqlanmishdan oldin keladi. Leksikasida ozarbayjon tilidan oʻzlashgan soʻzlar anchagina. XX asrning 30-yillarida Ozarbayjon tolishlari uchun yozuv yaratilgan boʻlsa-da, u ommalashmagan.
| Tolish tili | |
|---|---|
| Milliy nomi | Tolışi, толыши, تؤلشی |
| Mamlakatlar | |
| Rasmiylik holati | |
| Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 764 400 |
| Til oilasi | Hind-yevropa
|
| Alifbosi | Lotin alifbosi, arab yozuvi va Kirill alifbosi |
| Til kodlari | |
| ISO 639-3 | tly |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, tolish tili haqida ma’lumot. tolish tili nima? tolish tili nimani anglatadi?