Haydarobod – Pokistonning janubi-sharqiy qismidagi shahar. Aholisi 1,16 mln. kishi (1998). Transport yoʻllari chorrahasi. Hind daryosi boʻyidagi port. Mamlakatning muhim savdo-sanoat markazlaridan. Ip gazlama, tikuvchilik, sement, koʻn-poyabzal, kimyo, oyna-shisha, oziq-ovqat, tamaki sanoati korxonalari mavjud. mashinasozlik va metallsozlik korxonalari ishlab turibdi. Qishloq xoʻjaligi va elektro-texnika buyumlari ishlab chiqariladi. Hunarmandchilik rivojlangan: qoʻlda gilam, matolar toʻqiladi. Qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlanadi. Sindh universiteti bor.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, haydarobod haqida ma’lumot. haydarobod nima? haydarobod nimani anglatadi?