Hamdoʻstlik kubogi (ruscha: Кубок чемпионов Содружества, Кубок Содружества, Кубок чемпионов содружества стран СНГ и Балтии; 2011-yilgacha Hamdoʻstlik chempionlari kubogi) – Rossiya futbol ittifoqi va FIFA homiyligida oʻtkaziladigan sobiq SSSR mamlakatlari yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi futbol turniri. Birinchi qura 1993-yil yanvar oyida boʻlib oʻtgan, 2011-yilga qadar turnirda sobiq SSSR mamlakatlari klublari ishtirok etgan. 2012-yildan boshlab turnirda yoshlar va yoshlar terma jamoalari ishtirok etib kelmoqda.
![]() | |
| Tashkiliy organ | Rossiya futbol ittifoqi, FIFA |
|---|---|
| Asos solindi | 1993 |
| Bekor qilindi | 2016 |
| Eng muvaffaqiyatli klub(lar) | Spartak Moskva (6) |
| Vebsayt | Rasmiy sayti |
Musobaqa MDH va Boltiqboʻyi mamlakatlari chempionlari uchun musobaqa sifatida rejalashtirilgan edi, ammo turli sabablarga koʻra ular koʻpincha gʻoliblar yoki Rossiya yoshlar terma jamoalari bilan almashtirildi. Turnir har yili oʻtkaziladi, uni turli MDH va Boltiqboʻyi mamlakatlarida oʻtkazish rejalashtirilgan edi, ammo 1993-yildan 2007-yilgacha, 2009 va 2010 yillarda Moskvada, 2008-yilda va 2011-yildan beri Sankt-Peterburgda oʻtkazildi.
2016-yil 23-iyulda RFU prezidenti Vitaliy Mutko musobaqaning yopilishini eʼlon qildi, ammo Ozarbayjonda turnirni jonlantirish masalasi muhokama qilingan.
Tarix
1992-yilning iyulida „MDH Futbol Federatsiyalari Assotsiatsiyasi“ ijroiya qoʻmitasi „Hamdoʻstlik Chempionlari Kubogi“ turnirini oʻtkazish haqida qaror qabul qildi. Yangi turnir ilk musobaqasi 1993-yilning iyul oyida oʻtkazildi. Oʻshanda turnirni bundan buyon yozda oʻtkazish haqida takliflar tushdi, biroq klublarning yozda ichki chempionatda qtnashishi va oʻyinlar soni koʻpligi bois tunir har yili qishning yanvar oyida oʻtkazilishiga kelishildi. Ushbu turnir 15 ta milliy futbol federatsiyasini toʻplashi tufayli ushbu turnir xalqaro maqomga ega boʻldi, shuning uchun „Hamdoʻstlik Kubogi“ga har safar FIFA va UEFA Prezidentlari tashrif buyurishadi.
Turnir oʻtkazila boshlangan ilk yillarda futbol ishqibozlari va mutaxassislarni „Hamdoʻstli Kubogi“ katta qizziqish uygʻotdi. Biroq ilk ikkita turnirda Ukraina klublari ishtirok etishmadi, shuning uchun Rossiya klublari turnirning yaqqol favoritlari boʻlishdi. 1995-yildan boshlab Ukraina klublari turnirda qatnasha boshlashdi. Shundan keyin turnirning saʼviyasi oʻsa boshladi va ishqiboqzlarga yorqin oʻyinlar namoyish etildi. Eng murosali oʻyinlardan biri bu Kiyevning „Dinamo“ va Moskvaning „Spartak“ toʻqnashuvlari edi.
Finallar
21-yoshgacha terma jamoalar turniri
| Mavsum | G'olib | Hisob | Ikkinchi o'rin | Stadion |
|---|---|---|---|---|
| 2016 | Rossiya | 4 – 2 | Moldova | SCC Peterburgsky, Sankt-Peterburg |
| 2015 | Janubiy Afrika | 2 – 1 | Finlandiya | SCC Peterburgsky, Sankt-Peterburg |
| 2014 | Ukraina | 4 – 0 | Rossiya | SCC Peterburgsky, Sankt-Peterburg |
| 2013 | Rossiya | 4 – 2 | Ukraina | SCC Peterburgsky, Sankt-Peterburg |
| 2012 | Rossiya | 2 – 0 | Belarus | SCC Peterburgsky, Sankt-Peterburg |
Klublar turniri
| Mavsum | G'olib | Hisob | Ikkinchi o'rin | Stadion |
|---|---|---|---|---|
| 2011 | Inter Baku | 0 – 0 6 – 5 penaltilar | Shakhtyor Soligorsk | SCC Peterburgsky, Sankt-Peterburg |
| 2010 | FK Rubin Qozon | 5 – 2 | FC Aktobe | Olympic Stadium, Moskva |
| 2009 | FC Sheriff Tiraspol | 0 – 0 5 – 4 penaltilar | FC Aktobe | Olympic Stadium, Moskva |
| 2008 | Khazar Lenkoran | 4 – 3 | Paxtakor Toshkent | SCC Peterburgsky, Sankt-Peterburg |
| 2007 | Paxtakor Toshkent | 0 – 0 9 – 8 penaltilar | FK Ventspils | Olympic Stadium, Moskva |
| 2006 | Neftçi | 4 – 2 | FBK Kaunas | Olympic Stadium, Moskva |
| 2005 | Lokomotiv Moskva | 2 – 1 | Neftçi | Dynamo Manage, Moskva |
| 2004 | Dinamo Tbilisi | 3 – 1 | Skonto Riga | Olympic Stadium, Moskva |
| 2003 | Sheriff Tiraspol | 2 – 1 | Skonto Riga | Olympic Stadium, Moskva |
| 2002 | Dinamo Kiyev | 4 – 3 | Spartak Moskva | Olympic Stadium, Moskva |
| 2001 | Spartak Moskva | 2 – 1 q.v. | Skonto Riga | Olympic Stadium, Moskva |
| 2000 | Spartak Moskva | 3 – 0 | Zimbru Chişinău | Olympic Stadium, Moskva |
| 1999 | Spartak Moskva | 2 – 1 | Dinamo Kiyev | Olympic Stadium, Moskva |
| 1998 | Dinamo Kiyev | 1 – 0 | Spartak Moskva | LFK CSKA, Moskva |
| 1997 | Dinamo Kiyev | 3 – 2 | Spartak Moskva | LFK CSKA, Moskva |
| 1996 | Dinamo Kiyev | 1 – 0 | Alania Vladikavkaz | LFK CSKA, Moskva |
| 1995 | Spartak Moskva | 5 – 1 | Dinamo Tbilisi | LFK CSKA, Moskva |
| 1994 | Spartak Moskva | 7 – 0 | Neftchi Fargʻona | Olympic Stadium, Moskva |
| 1993 | Spartak Moskva | 8 – 0 | Belarus Minsk | LFK CSKA, Moskva |
Barcha davrlarning eng yaxshi toʻpurarlari
| O'rin | Futbolchi | Gollar |
|---|---|---|
| 1 | Vladimir Beschastnix (FC Spartak Moskva) | 20 |
| 2 | Yegor Titov (FC Spartak Moskva) | 18 |
| 3 | Valeriy Kechinov (Paxtakor Toshkent & FC Spartak Moskva) | 17 |
| * | Mikhail Mikholap (FC Skonto Rīga) | 17 |
| 5 | Mixail Kavelashvili (FC Dinamo Tbilisi & Spartak-Alania Vladikavkaz) | 14 |
| * | Luis Robson (FC Spartak Moskva) | 14 |
| 7 | Andrey Tixonov (FC Spartak Moskva) | 13 |
| 8 | Valentin Belkevich (FC Dinamo Minsk & FC Dynamo Kyiv) | 12 |
| * | Andriy Shevchenko (FC Dinamo Kiyev) | 12 |
| 10 | Gela Inalishvili (FC Dinamo Tbilisi) | 11 |
| * | Anatoliy Kanischev (Spartak-Alania Vladikavkaz & FC Spartak Moskva) | 11 |
| * | Mihails Zemļinskis (FC Skonto Rīga) | 11 |
Yillar kesimida eng yaxshi toʻpurarlar
| Mavsum | Futbolchi | Gollar |
|---|---|---|
| 1993 | Shota Arveladze (FC Dinamo Tbilisi) | 5 |
| 1994 | Vladimir Beschastnix (Spartak Moskva) | 10 |
| 1995 | Ilia Tsymbalar (Spartak Moskva) | 6 |
| 1996 | Uladzimir Makowski (FC Dinamo Minsk) | 5 |
| 1997 | Andrey Tixonov (Spartak Moskva), Andriy Shevchenko (Dinamo Kiyev) | 6 |
| 1998 | Anatoliy Kanischev (Spartak Moskva) | 8 |
| 1999 | Mihails Miholaps (Skonto Riga) | 7 |
| 2000 | Vladimirs Koļesņičenko (Skonto Riga), Luis Robson (Spartak Moskva), Yegor Titov (Spartak Moskva) | 5 |
| 2001 | Mikheil Ashvetia (FC Torpedo Kutaisi), Jafar Irismetov (Spartak Moskva), Marcão (Spartak Moskva), Valery Strypeykis (FC Slavia Mozyr), Raman Vasilyuk (FC Slavia Mozyr) | 4 |
| 2002 | Vladimir Beschastnix (Spartak Moskva) | 7 |
| 2003 | Cristian Tudor (Sheriff Tiraspol) | 9 |
| 2004 | Vitaly Daraselia Jr. (FC Dinamo Tbilisi) | 6 |
| 2005 | Giorgi Adamia (Neftchi Baku) | 6 |
| 2006 | Yevhen Seleznyov (Shaxtyor Donetsk) | 5 |
| 2007 | Server Jeparov (Paxtakor Toshkent), Vitali Rodionov (BATE Borisov) | 4 |
| 2008 | Vladimir Yurchenko (Zenit Sankt Peterburg) | 4 |
| 2009 | Ibrahim Rabimov (Regar-TadAZ Tursunzoda), Vīts Rimkus (FK Ventspils), Aleksandr Yeroxin (Sheriff Tiraspol) | 4 |
| 2010 | Emil Kenjisariyev (FC Aktobe) | 6 |
| 2011 | Ģirts Karlsons (FC Inter Baku) | 6 |
| 2012 | Sardar Azmoun (Eron U20) | 8 |
| 2013 | Andrey Panyukov (Rossiya U21) | 6 |
| 2014 | Roman Murtazayev (Qozogʻiston U21), Ruslan Bolov (Rossiya U21), Abdurasul Rahmonov (Tojikiston U21) | 5 |
| 2015 | Aleksey Yevseyev (Rossiya U21) | 5 |
| 2016 | Mixail Jabkin (Rossiya U21) | 3 |
Jamoalar ko‘rsatgan natijalar
Mamlakatlarga koʻra natijalar
| Mamlakat | Gʻoliblik | Ikkinchi oʻrin |
|---|---|---|
| Rossiya | 11 | 5 |
| Ukraina | 5 | 2 |
| Ozarbayjon | 3 | 1 |
| Moldova | 2 | 2 |
| Oʻzbekiston | 1 | 2 |
| Gruziya | 1 | 1 |
| Janubiy Afrika | 1 | |
| Latviya | 4 | |
| Belarus | 3 | |
| Qozogʻiston | 2 | |
| Litva | 1 | |
| Finlandiya | 1 |
Qiziqarli maʼlumotlar
- Eng yirik gʻalabani 1998-yilda Moskvaning „Spartak“ jamoasi qoʻlga kiritgan va u Tojikistonning „Vaxsh“ jamoasini 19:0 hisobida magʻlub etgan.
- Moskvaning „Spartak“i va Kievning „Dinamo“ jamoalari ketma-ket uch marta Hamdoʻstlik kubogini qoʻlga kiritgan boʻlsa, „Spartak“ bu sovrinni ikki marta qoʻlga kiritdi. „Spartak“ – 1993-yildan 1995-yilgacha va 1999-yildan 2001-yilgacha, „Dinamo“ esa 1996-yildan 1998-yilgacha.
- Turnirda 20 ta gol bilan eng koʻp gol urgan Moskvaning „Spartak“ jamoasidan Vladimir Beschastnix boʻldi.
- Riganing „Skonto“ jamoasi ushbu turnirda 14 marta ishtirok etgan.
- Skonto futbolchisi Mixail Zemlinskiy turnirda eng koʻp oʻyin oʻtkazdi – 46 ta.
- Bosh hakam Valentin Ivanov 20 ta uchrashuvni boshqargan.
- Turnir davomida birorta ham gol oʻtkazib yubormasdan chempion boʻlgan yagona jamoalar 1998-yilda „Dinamo“ (Kiev) (19:0) va 2011-yilda „ Inter“ (Boku) (16:0). Ammo „Dinamo“ asosiy vaqtda barcha oʻyinlarda gʻalaba qozongan boʻlsa, „Inter“ dastlabki 5 oʻyinda gʻalaba qozonib, asosiy vaqtda finalda durang oʻynadi va keyin penaltilar seriyasida gʻalaba qozondi.
Yana qarang
- Futbol boʻyicha SSSR xalqlari yozgi spartakiadasi
- Futbol boʻyicha Birinchi kanal kubogi
- Birlashgan turnir
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, hamdoʻstlik kubogi haqida ma’lumot. hamdoʻstlik kubogi nima? hamdoʻstlik kubogi nimani anglatadi?
