Viktor Nosov (ukraincha: Віктор Васильович Носов; 1940-yil 19-iyul – 2008-yil 17-aprel) – sovet sobiq futbolchisi va murabbiyi. Himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Sovet Ittifoqi sport ustasi va Ukrainada xizmat koʻrsatgan murabbiy sifatida tan olingan. Nosov boshchiligida 1979—1985-yillarda Donetskning „Shaxtyor“ klubi murabbiyligida ikki marta Sovet Kubogini qoʻlga kiritdi va Sovet Oliy Ligasi ikkinchi oʻrinni egallagan.
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Viktor Vasylyovych Nosov | ||
| Tavallud sanasi | 19-iyul 1940-yil | ||
| Tavallud joyi | Stalino, Ukraina SSR | ||
| Vafot sanasi | 17-aprel 2008-yil (67 yoshda) | ||
| Vafot joyi | Donetsk, Ukraina | ||
| Boʻyi | 1.80 m (5 ft 11 in) | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| FC Shakhtar Stalino | |||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1958–1960 | FC Shakhtar Stalino | 13 | (0) |
| 1960 | FC CSKA Moscow | 0 | (0) |
| 1961–1962 | FC SKA Rostov-on-Don | 28 | (0) |
| 1963–1964 | FC Shakhtar Stalino | 40 | (0) |
| 1965 | FC Avanhard Kharkiv | 36 | (4) |
| 1966 | FC Avanhard Kharkiv | 7 | (0) |
| 1967–1972 | FC Budivelnyk Poltava | ? | (?) |
| Boshqargan klublari | |||
| 1972–1973 | FC Shakhtar Makiivka (ass't) | ||
| 1973–1974 | FC Kolos Poltava | ||
| 1975–1976 | FC Kryvbas Kryvyi Rih (ass't) | ||
| 1977–1978 | FC Shakhtar Donetsk (ass't) | ||
| 1979–1985 | FC Shakhtar Donetsk | ||
| 1986 | Victory Sports Club | ||
| 1989 | FC Paxtakor Toshkent | ||
| 1990 | FC Zorya Luhansk | ||
| 1991 | FC Dynamo Stavropol | ||
| 1991–1992 | FC Veres Rivne | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Faoliyati
Nosov futbolchilik faoliyatini 1958-yilda Donetskning „Shaxtyor“ klubida boshlagan. Nosov „Shaxtyor“ va „Rostov-na-Donu“ klublari tarkibida SSSR oliy ligasida 88 ta oʻyin oʻtkazgan.
U 1972-yilda „Budivelnik Poltava“ klubida futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Oʻsha yili Viktor „Shaxtyor Makivka“ klubiga murabbiy boʻlgan. 1980-yillarning oxirida u Maldiv orollaridagi Victory Sports klubida ishlagan va bosh murabbiylik qilgan. Sovet Ittifoqi qulashi bilan Nosov Ukrainada qoldi va Ukraina jamoalariga murabbiylik qilishni davom ettirgan. 1989-yil Toshkentning „Paxtako“ jamoasiga murabbiylik qilgan.
2008-yil aprel oyining boshida Nosov Donetskdagi Gusak nomidagi Shoshilinch jarrohlik institutida qorin boʻshligʻi anginasi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ammo operatsiyadan koʻp oʻtmay u vafot etdi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, viktor nosov haqida ma’lumot. viktor nosov nima? viktor nosov nimani anglatadi?