Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Madhyama Āgama (xitoycha: 中阿含經; pinyin: Zhong Ahan Jing) – Hindistonning qadimgi buddizm matni boʻlib, undan hozirda faqatgina xitoycha tarjimasi mavjud (Taishō

Madhyama Agama

Madhyama Āgama (xitoycha: 中阿含經; pinyin: Zhong Ahan Jing) – Hindistonning qadimgi buddizm matni boʻlib, undan hozirda faqatgina xitoycha tarjimasi mavjud (Taishō Tripiṭaka 26). Uning nomi „Oʻrta toʻplam“ degan maʼnoni bildiradi. U sanskrit tilidagi Sūtra Piṭakaning Āgamalari toʻrtligidan biri boʻlib, Xitoy buddist kanoni tarkibiga kiradi va 18 bobdan iborat 222 ta sutrani oʻz ichiga oladi. Uning pali tilidagi mos keladigan toʻplami – Majjhima Nikaya. U 15 bobda 152 ta sutrani oʻz ichiga oladi.

Kelib chiqishi va tarixi

Agamaning xitoycha eng qadimgi tarjimasi milodiy 397–398-yillarga toʻgʻri keladi. P. V. Bapatning fikricha, xitoycha tarjimaning asl manbasi sanskrit tilidagisidan koʻra paliga yaqin boʻlgan bir prakrit shaklida boʻlgan. Ushbu matn Sarvāstivāda anʼanasiga mansub deb hisoblanadi.

Pali Kanonidagi oʻxshashliklar

Madhyama Āgama sutralarining koʻpchiligi Sutta Pitakadagi sutralarga oʻxshashdir.

...T. 26 dagi 222 ta sutraning faqat 103 tasi Majjhimanikāyada mos keladi; 14 tasi Dīgha Nikāyada, 17 tasi Saṃyutta Nikāyada va 87 tasi Aṅguttara Nikāyada uchraydi. T. 26 dagi 222 sutradan 14 tasining esa Pali matnlarida hech qanday o‘xshashi yo‘q.

Inglizcha tarjimalari

Madhyama Āgamaning inglizcha tarjimasi 2006-yilda boshlangan, bosh muharrir – Marcus Bingenheimer, hamtahrirlar – Bhikkhu Analayo va Rodney S. Bucknell. Uch jildning birinchisi 2013-yilda chop etilgan.

Adabiyotlar

  • Analayo, Bhikkhu. Madhyama-āgama Studies. Dharma Drum Publishing, 2012. 
  • Bingenheimer, Marcus; Bucknell, Rodney S.; Analayo, Bhikkhu. The Madhyama Agama: Middle-length Discourses: 1. Bukkyo Dendo Kyokai, 2013. 
  • Sujato, Bhikkhu; Brahmali, Bhikkhu. The Authenticity of the Early Buddhist Texts. Buddhist Publication Society, 2014. 

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, madhyama agama haqida ma’lumot. madhyama agama nima? madhyama agama nimani anglatadi?

Yuqori