Stevitsa Ristich (mkd. Stevitsa Ristik, srb. Stevica Ristik) – Makedoniyalik futbolchi. 1982-yilning 23-may kuni Yugoslaviyaning Vrshats shahrida tugʻilgan. Makedon va Serb fuqaroligiga ega. Ampluasi hujumchi. Makedoniya milliy terma jamoasi va Janubiy Koreyaning Suvon Blyuings klubida oʻynagan.
![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Tavallud sanasi | 23-may 1982-yil | ||
| Tavallud joyi | Vršac, Yugoslaviya | ||
| Boʻyi | 1.89 m (6 ft 2 in) | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2001–2002 | Jedinstvo Vršac | ||
| 2002–2003 | Mladost Lukićevo | 27 | (8) |
| 2003–2006 | Sileks | 107 | (84) |
| 2007–2009 | Jeonbuk Hyundai Motors | 35 | (14) |
| 2008–2009 | → Pohang Steelers (ijara) | 32 | (13) |
| 2010 | Bunyodkor | 17 | (11) |
| 2010–2011 | Amkar Perm | 23 | (6) |
| 2011–2013 | Suwon Bluewings | 61 | (24) |
| 2013 | Shonan Bellmare | 8 | (1) |
| 2014–2016 | Jeonnam Dragons | 84 | (27) |
| 2017 | Temnić | ||
| Milliy terma jamoa | |||
| 2007–2012 | Shimoliy Makedoniya | 17 | (1) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Klub faoliyati
2010-yil avgust oyida Ristich Rossiya Premyer-ligasi jamoasi Amkar Perm bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
Terma jamoadagi faoliyati
U 2007-yil fevral oyida Albaniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Makedoniya terma jamoasi safida oʻynashni tanladi va oʻzining debyutini oʻtkazdi va u darhol gol urdi. Stevica terma jamoada jami 17 oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urdi. Uning soʻnggi terma jamoasi 2012-yil oktyabr oyida Xorvatiyaga qarshi FIFA Jahon chempionati saralash bahsi edi.
Yutuqlar
Sileks
- Makedoniya ligasi 2-oʻrinchisi: 2003–04
Poxang Stilers
- Koreya Super kubogi: 2008
- Liga kubogi: 2009
- AFC Osiyo Chempionlar Ligasi gʻolibi: 2009
Bunyodkor
- Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2010
Shaxsiy hayot
Uylangan, ikki farzandi bor. Uning ayoli makedoniyalik.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, stevitsa ristich haqida ma’lumot. stevitsa ristich nima? stevitsa ristich nimani anglatadi?
