Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

HarperCollins Publishers LLC — dunyodagi yirik nashriyot kompaniyalaridan biri. Ingliz tilida chop etuvchi nashriyotlar „kuchli beshligi“ga kiradi. Shtab-kvarti

HarperCollins

HarperCollins Publishers LLC — dunyodagi yirik nashriyot kompaniyalaridan biri. Ingliz tilida chop etuvchi nashriyotlar „kuchli beshligi“ga kiradi. Shtab-kvartirasi New York shahrida joylashgan. News Corp kompaniyasining shoʻba korxonasi hisoblanadi. Kompaniya nomi Harper & Brothers va Row (birlashgandan keyingi nomi Harper & Row), Peterson & Company va britaniyaning William Collins, Sons kompaniyalari birlashishidan kelib chiqqan.

HarperCollins Publishers LLC
Turi Shoʻba korxona
Tarmogʻi noshirlik
Egasi News Corp
Qachon asos solingan 1989-yil
Joylashuvi Amerika Qoʻshma Shtatlari AQSh New York, Broadway 195
Asoschi(lari) James Harper
Daromadi $1,646 mlrd (2016)
Aylanma daromadi 1 646 000 000
Vebsayti harpercollins.com

„Putin's People“ mojarosi

Jurnalist va yozuvchi Catherine Belton tomonidan yozilgan va 2020-yil aprel oyida nashriyotda chop etilgan Putin's People: How the KGB Took Back Russia and Then Turned on the West (oʻzbekcha: Putinning odamlari: Qanday qilib KGB Rossiyani qaytarib oldi va Gʻarbga yurish boshladi) nomli kitob sababli bir nechta rossiyalik milliarderlar muallif va HarperCollins nashriyotini sudga berishdi. Sud natijalariga koʻra tomonlar kelishuvga erishishdi. HarperCollins nashriyoti ushbu kitobning keyingi nashrlarida sudlashishga sabab boʻlgan maʼlumotlarni chop etmasligini maʼlum qildi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, harpercollins haqida ma’lumot. harpercollins nima? harpercollins nimani anglatadi?

Yuqori